PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: J. Hasanboyev
Издательство: Asian Book House
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-5878-0-7
Скачать книгу
o‘zi faol ishtirok etgandagina, uning tug‘lna layoqatini uyg‘otadi, iste’dod qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.

      Tarbiyalash jarayoni

      Tug‘ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yig‘laydi. Ammo ular katta bo‘lganlarida, turli mavqega ega bo‘ladi. Nima uchun?

      Bola o‘z onasidan tug‘ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tarbiyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qornida tarbiya oladi.

      Tarbiya insonning o‘z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kim o‘z onasidan «yo‘lon» bo‘lib tug‘ilmaydi. Tug‘ilgandan keyin ham hech bir ota-ona o‘z bolasini yo‘lon bo‘lishini xohlamaydi, balki uni ardoqlab o‘stiradi.

      Har qanday vomonlik, gunoh ishlar tarbivasiz (bilimsiz. ma’naviy qashshoq)likdan kelib chiqadi.

      Shaxs kamolotida tarbiyaning o‘rni haqida Demokritning quyidagi fikri qimmatlidir: «Insonni inson qilib o‘stiruvchi narsa bu tarbiyadir».

      Shaxs faoliyatida ta’lim-tarbiya va ilm muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli inson buyuk shaxs bo‘lib yetishadi. Ulardan ayrimlarini ibrat – namuna sifatida keltiramiz.

      Alisher Navoiy – she’riyat mulkining sultoni, uning adolatli jamiyat qurish haqidagi ta’limoti ma’lum va mashhur. U 4–5 yoshlaridayoq she’r yozishni mashq qilgan. Vatanimizda bir necha joylar: o‘quv yurtlari, viloyatlar va tumanlar, xo‘jaliklar, ko‘cha va xiyobonlar, teatrlar, metro beketlariga buyuk bobokalonimiz no‘llari bilan ataladi hamda haykallar o‘rnatilgan. Bulardan tashqari Moskva va Tokio (Yaponiya) shaharlarida uning haykallari bor. Navoiy uning taxallusi bo‘lib, «navo‘ – bu kuy degan ma’noni, «navoiy» so‘zi esa «kuy egasi», «kuvlovchi» ma’nolarini antilatadi.

      Demak, to‘g‘ri tarbiya insonni ilmli, bilimli, ongli, madaniyatli, ma’rifatli qiladi va hattoki, komil inson darajasigacha yuksaltiradi.

      Inson tarbiya orqali komillik sari «ko‘kka bo‘y cho‘zadi» va unda eng yaxshi «yo‘ldosh» hayotda olinadigan ibrat-namuna va kitob mutolaa qilish orqali bilimli-ma’rifatli bo‘ladi.

      Qobiliyat va iste’dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatiga qiziqishi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig‘i Demosfen (eramizdan oldingi IV asr) omma orasida gapirgan nutqlari dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Demosfen duduq, ovozi qaltiroq, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. Uning bir yelkasi oldinga turtib chiqib turar edi. Demosfen kamchiliklarini tuzatish uchun o‘zi ustida tinimsiz ishladi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib olib, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rgandi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o‘qidi, ovozini charxladi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha yelkasi har gal oldga chiqqanda, qilich yelkasiga sanchilar edi. Demosfen shu tariqa haftalab uydan chiqmasdan notiqlikni o‘rganish uchun mashq qildi. Oxir-oqibat o‘zi ko‘zlagan maqsadga erishdi va atoqli notiq sifatida shuhrat qozondi.

      Mashhur kishilar hayotini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridan asosiy narsa – uzluksiz izlana bilish, o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetishish yo‘llarini izlash omilidir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati davrida o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularga fan asoslarini chuqur singdirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi va uni ro‘yobga chiqarish uchun tinmay izlanishi, mehnat qila olish qobiliyatini kuchli iroda va qat’iy xarakterni tarbiyalab borishi lozim.

      O‘qituvchilar orasida bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi omillar va ularning ahamiyatini tushunmaydiganlari ham uchrab turadi. Masalan, ayrim o‘qituvchilar ulgurmovchi, o‘qishdan orqada qoluvchi o‘quvchilardan qutilish yo‘llarini qidiradilar. Ularni yo sinfda qoldirish yoki boshqa maktabga o‘tkazish yo‘llarini izlaydi va bunga erishadi ham. Bu kabi choralarni qo‘llash bilan biz o‘quvchilar tarbiyasini tashkil etishda ko‘zlagan maqsadga erisha olmaymiz.

      Fanlardan o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato, o‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi, har bir o‘quvchining yoshini va psixologik xususiyatini chuqur o‘rganishi, uning qiziqishi va istaklarini aniqlashi, ularni hisobga olgan holda pedagogik chora-tadbirlarni qo‘llashdir. Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.

      Xulosa qilib aytganda, rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek, pedagogika fanining eng muhim vazifasi – shaxs rivojlanishini har jihatdan o‘rganishdir va o‘qituvchining ishda muvaffaqiyat qozonish sharti – o‘z o‘quvchilarining xislat va xususiyatalirini bilish.

      3.3. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari

      Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga muvofiq kelishi muhim sanaladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning ruhiy xususiyatlarini bilishi, ma’lum yoshdagi o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro‘y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi.

      Shaxsning rivojlanib, kamol topishi. hayotning hamma bosqichida bir xil bo‘lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan yosh avlod o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi juda zarur. Ma’lumki, bir xil yoshdagi bolalar- ning. O‘quvchi – tarbiyalanuvchilarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.

      Bu o‘ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Yosh xususiyatlarni hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrida bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir. Shundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi.

      Tibbiyot, odam anatomiyasi. yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi va psixologiyasi hamda pedagogika fanlari asoslariga ko‘ra, bolaning yosh davrlarini quyidagi guruhlariga bo‘lish mumkin (3.3.1- shakl).

      3.3.1-shakl

      Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan yosh davrining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlardagi o‘zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha to‘xtalamiz.

      Go‘daklik davri. Yangi tug‘ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo‘ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo‘lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo‘lib, bu faollik, avvalo. qo‘l va oyoqlarning refleks yo‘li bilan harakatlanib turishida ko‘rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo‘ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5–6 haftalarda yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi. Begona odamlarni «yoqtirmay» bezovtalanadi.

      Go‘daklik davrida bola birmuncha tajriba to‘plashi bilan uning idrok va tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. Odatda, besh-olti oylik bola o‘tiradigan bo‘ladi, so‘ngra emaklab, tik yurishga harakat qila boshlaydi, 1–2 yoshda qadam qo‘yib, yura boshlaydi.

      Bola yarim yoshdan oshgach, «g‘uldirab» so‘zlaydi hamda atrofdagilarning gaplarini tushuna boshlaydi va unda asta-sekin passiv nutq o‘sadi, ikki yoshga qadam qo‘ygach, faol nutqni o‘zlashtirib, gapira boshlaydi. Nutq va tafakkurning o‘sishi bilan bolaning atrof- dagi kishilarga munosabati murakkablashib, o‘ziga xos mazmunga ega bo‘la boshlaydi. Ushbu holat bola ruhiyatining o‘sishiga yordam beradi. Yasli davriga qadar bola aniq gapiradigan va o‘zi mustaqil yura oladigan bo‘ladi. Shuningdek, bolaning harakatchanligi, tafakkur va nutqi zo‘r berib taraqqiy etadi. Bu davrdagi