PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: J. Hasanboyev
Издательство: Asian Book House
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-5878-0-7
Скачать книгу
moddiy va ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligidan

      E) Hamma javoblar to‘g‘ri

      13. Pedagogika fanining asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari nechta?

      A) 10 ta В) 11 ta D) 12 ta E) 13 ta

      14. Pedagogika qanday fan?

      A) Shaxs haqidagi fan B) o‘quvchilar haqidagi fan

      D) O‘qitish haqidagi fan E) Tarbiya haqidagi fan

      15. Pedagogika tizimining maqsadi nima?

      A) Barkamol insonni tarbiyalash

      B) Insonni ma’rifatli va ma’lumotli qilish

      D) Bilimni oshirish

      E) Pedagogik faoliyatni o‘stirish

      16. Pedagogik nazokatning mag‘zi bu…

      A) Tarbiyalanuvchilarning muomalasi

      B) Tarbiyalanuvchilarning shaxsga bo‘lgan hurmati

      D) Tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati

      E) Tarbiyalanuvchilarning xushfe’lligi

      17. Inson bu…

      A) Tirik biologik mavjudot

      B) Ijtimoiy mavjudot

      D) A va В javob to‘g‘ri

      E) Muayyan jamiyatning a’zosi

      18. Zamonaviy pedagogika faniga qaysi javobda to‘g‘ri ta’rif berilgan?

      A) Tabiatning oliy mahsuli

      B) Insonning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk bo‘lib shakllanishiga, uning shaxs sifatida rivojlanishiga xizmat qiladigan fan

      D) Barkamol shaxs bo‘lib yetishishdagi qonuniyatlarni o‘rganuvchi fan

      E) Barcha javoblar to‘g‘ri

      19. Pedagogikaning bosh masalasi nima?

      A) Tarbiya B) Bilim

      D) Odob-axloq E) Malaka

      Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa – tarbiyadir.

      Demokrit

      3-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

      Reja:

      1. Pedagogik antropologiya. Individ va shaxs haqida tushuncha. Shaxs tarbiya obyekti va subyekti sifatida.

      2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi.

      3. Shaxs shakllanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.

      4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy asoslari. Shaxs kamolotining yoshlar dunyoqarashidagi ahamiyati.

      Mavzuning maqsadi:

      Shaxs, individ, barkamol shaxs, o‘quvchilarning yosh davrlari to‘g‘risida ma’lumot berish hamda ularda dunyoqarash, axloq, intizomni shakllantirish.

      Mavzuning vazifalari:

      – shaxs va individ tarbiya jarayonini obyekti va subyekti ekanligi. shaxs rivoj lanishining biologik va ijtimoiy asoslari hamda jihatlarini yoritish;

      – shaxsni kamol toptirishda ta’sir etuvchi omillarning rolini ko‘rsatish:

      – shaxs shakllanishini yosh xususiyatlariga ko‘ra davrlarga bo‘lish;

      – barkamol shaxs tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy asoslarini ko‘rsatish.

      Tayanch ibora va atamalar: shaxs tushunchasi, individ, inson, ruh, aql, bosh miya, rivojlanish, salomatlik. ta’lim-tarbiya. shaxsning rivojlanishi. shaxsni rivojlantiruvchi omillar, ta’lim-tarbiya. biologik,

      ijtimoiy omillar, irsiyat, muhit, oila muhiti, ijtimoiy muhit, mahalla, maktab, tarbiya, shaxsning kamol topishida tarbiya va faoliyatning bog‘liqligi, go‘daklik davri, yangi davr, maktabgacha tarbiya yoshi, kichik maktab yoshi, o‘smirlik davri, o‘spirinlik davri, jismoniy va ruhiy kamolot, barkamol shaxs.

      3.1. Individ va shaxs haqida tushuncha.

      Shaxs – tarbiya obyekti va subyekti sifatida.

      Shaxsni shakllantiruvchi asosiy omillar

      Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ hisoblanadi. «Individ» lotincha «individium» so;zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.

      Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq, bu harakatlar keyinchalik reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go‘dakda nutqning hosil bo‘lishi, shuningdek, uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro‘y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.

      Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xususiyati, qiziqishi, qobiliyati, aqliy jihatdan rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, mehnat faoliyatiga munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u kamol topgan shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida qaror topadi.

      Shaxsning rivojlanishi, avvalo, uning shaxsiy xislatlarining shakllanishidan boshlanadi.

      Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak? – degan savolning tug‘ilishi tabiiydir. Odam ijtimoiy mavjudot sifatidan shaxsga aylanishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, muhit va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda shaxsning nasliy xususiyatlarining takomillashib borishi odamning rivojlanishi shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishini, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, bola shaxsning rivojlanishida faoliyatinig o‘rni va ahamiyatini ham o‘rganishi lozim.

      Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilaylik. Rivojlanish – shaxsning jismoniy, aqliy va boshqa xislatlarning takomillashuvini namoyon etadigan jarayon bo‘lib, bunday xislatlar tug‘ma, ba’zilari keyinchalik erishilgan bo‘ladi. Odam biologik mavjudot sanaladi, tabiiy, biologik va ijtimoiy qonuniyatlarga bevosita bo‘ysinadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxs tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysinadi. Bulardan tashqari odamning barkamol inson bo‘lib shakllanishida aniq maqsad asosida tashkil etilgan xatti-harakat, iroda sifatlarining kamol topishi asoslarida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahami- yatga egadir.

      Ma’lumki, inson hayoti davomida jismoniy va ruhiy jihatdan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida, bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi.

      Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar jismoniy rivojlanishiga taalluqlidir. Odam bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka sig‘imi, tayanch-harakat a’zolarining holati va boshqalar jismoniy