PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: J. Hasanboyev
Издательство: Asian Book House
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-5878-0-7
Скачать книгу
smanov

      PEDAGOGIKA

      O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

      О‘zbekiston Respublikasi oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘qituvchilar tayyorlash ta’lim уо’nalishi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan

      «Asian Book House»

      TOSHKENT 2020

      УДК: 371 (075)

      74.03

      Р29

      Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. J.Hasanboyev va boshqalar. O‘z.Resp.Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. -Toshkent: «Asian Book House», 2020. Hasanboyev J. va boshqalar.

      BBK 74.03.73

      Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo‘llari, shakllari va vositalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ta’lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Darslik pedagogika oliy o‘quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.

      Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo‘ljallab tayyorlandi.

      Ushbu darslik «Oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakl- lantirishning pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda «Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo‘yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.

      Taqrizchilar: N.Shodiyev, pedagogika fanlari doktori, professor, Q.Olimov, pedagogika fanlari doktori, professor.

      ISBN 978-9943-5878-0-7

      © «Asian Book House», 2020.

      KIRISH

      Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki, insonning ma’rifatli bo‘lishi va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.

      Ma’lumki, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi ta’lim-tarbiya sohasidagi sifat o‘zgarishlari qilib yuqori samaradorlikka erishishga, ularning jahon ta’limi talablari bilan mosligi va amaliy hayotdagi o‘rnini qay darajada topayotganligiga bog‘liq.

      Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlar va yuqori samaradorlik ko‘proq milliy pedagogikamizning tarixiy ildizlari va zamonaviy yutuqlarini talabalar ongiga singdirishni qay darajada olib borilganligiga bog‘liq bo‘lib, u barkamol avlod tarbiyasida mustahkam asos bo‘ladi. Shunday asoslarda ta’lim-tarbiya berish bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga tayyorlovchi innovatsion jarayon bo‘lib, oldingi egallagan bilimlar asosida ijobiy pedagogik samaralarni beruvchi yangicha yondashuv texnologiyalarini yaratish va joriy etishdan iboratdir. Bu talablarni bajarish ta’lim-tarbiya jarayonini ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlari asosida, zamon talablarini hisobga olgan holda tashkil etish muammosi mavjudligini ta’kidlaydi.

      Ta’lim-tarbiya sohasida Respublikamizda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va jahon ta’limi andozalari talablarlariga mos keluvchi «Davlat ta’lim standartlari» da davr bilan hamnafas, ya’ni «Intellektual asr» ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko‘zda tutilgan. XXI asrning faol ishtirokchisi esa keng ma’noda ta’lim-tarbiya va ularning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘langan holda barkamol shaxsni voyaga yetkazishdek innovatsion jarayonni o‘zida mujassamlashtiradi.

      «Barkamol shaxs tarbiyasi» degan tushuncha tasodifan paydo bo‘lgan emas. Bu inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar asosida shakllana boshladi va hozirgacha jamiyat taraqqiyotiga mos holda takomillashib kelmoqda. Ular, asosan, qissalar, pandnomalar, qadriyatnomalar, yozma yodgorliklarda xalq og‘zaki ijodida va boshqa shu kabi manbalarda asoslab berilib, avloddan avlodga o‘tkazildi va keyinchalik mustaqil fan sifatida shakllanib o‘z mavqeyini mustahkamladi.

      «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulardan amaliyotda keng foydalanishga erishish, «Ta’lim – fan – amalivot» integratsiyasining ta’lim tizimidagi samarasiga alohida e’tibor qaratilgan. Qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning milliy modelidagi bosh muddao ham barkamol avlod tarbiyasi, mustaqil va erkin fikrlovchi, dunyoqarashi keng ijodkor shaxsni tarbiyalash masalasidir. Bu vazi- fani esa pedagogika fani asoslaridan xabarsiz kishi me’yoriga yetkaza olmasligi hech kimga sir emas.

      Shu ma’noda boiajak o‘qituvchilar zimmasiga qo‘yiladigan yangi pedagogik tafakkurni shakllantirish vazifasi zamonaviy pedagogika fanining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Shuningdek, jamiyat oldida milliy maktab modelini yaratish, milliy ta’lim tizimini, uning mazmunini jahon tajribasi mezonlariga mos davlat standartlari asosida yaratish vazifasini hal etish ham milliy pedagogikamizning zimmasiga yuklatiladi.

      O‘zbekiston Respublikasidagi pedagogik oliy o‘quv yurtlarida o‘rganiladigan pedagogika fani o‘qituvchilik kasbiga tayyorlash tizimida alohida ahamiyat kasb etadi va ixtisoslikka yo‘naltiruvchi fan hisoblanadi. Mazkur o‘quv fani o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odat, marosim va an’analari hamda xalq pedagogikasi aqidalariga asoslanib, boiajak o‘qituvchini milliy mustaqillik sharoitida yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim berish. shaxsni kamol toptirish. e’tiqod va maslaklarini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy yuksaltirish jarayoniga olib kiradi. Pedagogika fanining boshqa fanlar orasidagi tutgan muhim o‘rni ham ana shundadir.

      Pedagogika fani ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, u o‘zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega.

      Pedagogika fanining nazariy asoslari pedagogika fanining nazariy asoslari inson aqliy kainolotini yuksaltirishga qaratilgan, xalqimiz tomonidan yaratilgan boy tajriba, ilmiy-tadqiqotlarga doir nazariy va metodik manbalarga, O‘rta Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutaffakkir olimlarning asarlariga suyangan holda barkamol shaxsni tarbiyalash, o‘qitishning qoida va umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.

      Pedagogika fanining milliy asoslari: pedagogika fanining milliy asosi ta’lim muassasalarini har bir millatning milliy merosi bilan umurninsoniy, umumbashariy qadriyatlarni bog‘lagan holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o‘ziga xos meros va qadriyatlarga suyangan holda tarbiyashunoslik masalalarini milliy asosda yosh avlodga yetkazishning mazmuni, shakli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.

      1-MAVZU: KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI. HOZIRGI JAMIYATDA PEDAGOGLIK KASBI VA UNING ASOSIY VAZIFALARI

      Reja:

      1. Kadrlar tayyorlash milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish.

      2. Kadrlar tayyorlash milliy modeli pedagog kadrlarni tayyorlashning nazariy asosi.

      3. O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar.

      Mavzuning maqsadi:

      Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish orqali o‘qituvchi kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yoritish, fan, texnika, texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan foydalangan holda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash, o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilgan talablar haqida ilmiy tushuncha berish.

      Mavzuning vazifalari:

      – kadrlar