Ko‘hna dunyo. Odil Yoqubov. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: Odil Yoqubov
Издательство: SHARQ
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-00-939-4
Скачать книгу
ketadi…

      O‘shanda, Ind daryosi sohilidagi ko‘rkam qal’a ichidagi muhtasham ibodatxonaga o‘t qo‘yish to‘g‘risida amr-u farmon berilganida, Beruniy asir olingan hind lashkarboshilari bilan birga sulton oldida tiz cho‘kib, undan shafqat so‘ragan, mahbuslarning ko‘z yoshi aralash qilgan iltijolarini tarjima qilayotganida esa, o‘ziyam ko‘z yoshini tiyolmagan edi! Lekin sulton shafqat qilmadi. Muazzam qal’aning to‘rt tarafidan o‘t qo‘yishni buyurdi. Qal’aga yashiringan ellik ming odam, barobar tiz cho‘kib ibodat qilganicha yo‘q, ibodat emas, yuraklarni tilka-pora qilguvchi mungli bir qo‘shiqni aytganicha, alanga ichida kuyib kul bo‘ldi… O‘limga mahkum etilgan ellik ming mahbusning barobar tiz cho‘kib aytgan va go‘yo mungli qo‘shiqday yangragan bu ibodati hanuz qulog‘i ostida turipti, eslasa hanuz larzaga soladi uni, go‘yo bu beshafqat qirg‘in sulton Mahmud G‘aznaviyning amri bilan emas, uning amri bilan bo‘lganday, a’zoyi badani qaqshab ketadi. Uni Hindistonda qolishga da’vat etgan narsa ham mana shu gunohkorlik tuyg‘usi bo‘ldi. Hindlar yurtiga jindak xizmat qilib bo‘lsa ham, ko‘nglidagi bu g‘uborini yuvish istagi bo‘ldi.

      Qo‘lida aso, yelkasida xurjun, Abu Rayhon avval bir o‘zi, keyinroq esa Lohur ko‘chalaridan topib olgan yetimcha Sabhu bilan birga yarim Hindistonni aylanib chiqdi. Shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yayov yurib, avvalambor bu xalqning tilini, so‘ng yozuvini, keyin ko‘hna ibodatxonalari kabi ko‘hna tarixini o‘rgandi. Bozorlarda, ibodatxonalar bo‘sag‘asida o‘tirib keksa vedachi kohinlardan qadim afsonalar va rivoyatlarni eshitdi, ilmi riyozat12 va handasa haqidagi kitoblari va taqvimlari bilan tanishdi, «Mahabharata» va «Ramayana» kabi dostonlari, ertaklari, hikoyatlari, qo‘shiqlari, hayitlari, ulug‘ ayyomlari, oy va yillar haqidagi tushunchalari, hatto ko‘hna vayronalarga bitilgan ko‘hna yozuvlarigacha yod oldi. So‘nggi bir necha yilni esa rasadxonalarda o‘tkazib, hind allomalarining falakiyot bobidagi tasavvurlarini, sayyoralar harakati to‘g‘risida tuzgan jadvallarini to‘pladi… Mana endi, hindlar yurtida to‘plagan bu ilmlarning hammasini jamlab, «Kitobu fi tahqiqi mo lil hind min ma’qulatin maqbulatin fil aqli av marzulatin», ya’niki, «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi» degan ulkan asar yozdi. O‘zicha esa uni qisqacha qilib «Hindiston» deb ataydi.

      Beruniy suyukli asarining har bir bobini tugatganida shogirdi Sabhuga ko‘chirishga beradi. Abu Rayhon uni topib olganida Sabhu yetti-sakkiz yashar bir norasida edi. Mana endi nihoyatda ziyrak bir mullavachcha bo‘lib yetishdi. Qarigan chog‘ida unga ham do‘st, ham shogird, ham yordamchi bo‘ldi… Bundan bir hafta muqaddam Beruniy unga «Hindiston»ning so‘nggi bobini ko‘chirishga bergan, o‘zi esa, ko‘p yillardan buyon yozishga jazm qilib yurgan «Al-Xazniy» degan ma’danlar to‘g‘risidagi kitobini bitishga tutingan edi. Lekin birdan xuruj qilib qolgan xastalik o‘ylagan ishining beliga tepdi. Boz ustiga, bir-biridan sovuq bu mishmishlar, telba sultonning telba-teskari farmonlari!.. Kim bilsin, vasvas dardiga duchor bo‘lgan bu qahri qattiq hokim erta mashvaratda ne deydi? Uni ne savdolar kutadi?

      O‘lim haq! Beruniy sultonning qahridan qo‘rqmaydi. U faqat bir narsadan – niyat qilgan ishlarining chala qolishidan, yoza boshlagan asarlarining nihoyasiga yetmay qolishidan qo‘rqadi, xolos!..

      Beruniy, xontaxtadagi sopol ko‘zachadan bir ho‘plam sharbat quyib ichdi-da, yostig‘i tagidan shaqildog‘ini olib shaqillatdi. Darhol eshik ochilib, Sabhu kirdi. Uning katta-katta qop-qora ko‘zlari bolalarcha bir samimiyat bilan porlab turardi.

      – Kel, o‘g‘lim, o‘tir!

      Sabhu kavushini poygakka yechdi, yerga to‘shalgan qalin jun namatni tovushsizgina odimlab, ustozining ro‘parasiga kelib cho‘kkaladi. Shundagina Beruniy shogirdining allaqanday ichki bir hayajon ichida to‘lg‘anayotganini sezib qoldi.

      – Senga ne bo‘ldi, Sabhu! Kim seni ranjitdi, bolam?

      – Ranjitdi? Nechun? – Sabhu ko‘z yoshi aralash jilmaydi, jilmayganda oppoq tishlari «yarq» etib, ozg‘in qoracha yuzi nur tushganday yorishib ketdi. – Men hozir… ustozimning kitobini ko‘chirib bo‘ldim, – dedi u va «qult» etib yutindi. – Buyuk kitob! Mening yurtimni butun olamga mashhur qilg‘usidir bu kitob! Uni tezroq ko‘chirmoq lozim, husnixat xattotlarga berib, ko‘p nusxada ko‘chirmoq darkor, ustod!

      Beruniy indamay boshini xam qildi. U umrida juda ko‘p do‘st-u birodar, juda ko‘p shogird orttirdi, ularning yaxshilarini ham, yomonlarini ham, omad kulib boqqanda atrofida girgitton bo‘lib, omad ketganida xoinlarcha yuz o‘girganlarini ham – har xilini ko‘rdi. Lekin Lohur ko‘chasidan topib olgan bu yetimchaday sadoqatli shogirdni ko‘rmadi… Bo‘y-basti kelishgan, mo‘ylovi endigina sabza ura boshlagan, tol chiviqday nozik bu yigitchada o‘z elining hamma fazilatlari – muloyimligi, mehnatsevarligi, kamtarligi yuz foiz mujassam. Beruniy u bilan bir lahza suhbat qursa go‘yo Hindistonga qaytib borganday, bosib o‘tgan yo‘llari-yu kezgan shaharlarida qayta kezib yurganday bo‘ladi, shunda yuragining bir burdasi o‘sha ulug‘ makonda qolganini, bu makonning zahmatkash, mo‘min-muloyim xalqi esa xuddi o‘z eldoshlariday qadrdon bo‘lib qolganini his etadi. Ajabo! Nechun goho bir el ikkinchi el bilan oshno bo‘lmasdan turib yotsiraydi, faqat o‘z tilim, o‘z kuylarim va o‘z qo‘shiqlarim yaxshi deb o‘ylaydi! O‘ylaydi-yu, qatli om qilib bo‘lsa ham o‘z urf-odatlarini boshqa yurtlarga yoymoqchi bo‘ladi!.. Shohlar-ku mayli! Uning o‘zi ham, oq-u qorani tanigan Abu Rayhon Beruniyning o‘zi ham bir mahallar shunday deb o‘ylagan emasmidi? O‘zi tug‘ilib o‘sgan Jayhun zaminidan yaxshi zamin, turkiy urf-odatlardan yaxshi urf-odatlar, turkiy qo‘shiq va turkiy kuylardan yaxshi kuy va qo‘shiq yo‘q, deb o‘ylamaganmidi?.. Xayriyatkim, birda Jurjon, birda Hindistonday buyuk va g‘aroyib yurtlarni ko‘rib ko‘zi ochildi, har bir mamlakat, har bir el noyob va go‘zal bir olam ekanini bildi, bilib «Hindiston»ni yozdi! Faqat… ming afsuski, bu asarini, o‘n yil umri ketgan bu suyukli kitobini hozircha pinhona tutishga majbur.

      – Rahmat, azizim, – dedi Beruniy chuqur xo‘rsinib.–Hozir bu kitobni xattotlarga topshirib, allomalarga tarqatib bo‘lmas, o‘g‘lim.

      – Sabab, ustod?

      – Sababi… kamina uni, avvalambor, sulton Mahmud G‘aznaviyga tortiq qilmog‘i lozim!

      – Tortiq qiling! Ko‘p in’omlar olasiz, ustod!

      Beruniy shogirdining hayrat bilan porlagan ko‘zlariga tikilib, miyig‘ida bir kulib qo‘ydi: «Yo‘q, ilmda zukko bu yigit bu dunyo yumushlari bobida hanuz go‘dak, ona suti og‘zidan ketmagan ma’sum go‘dak!»

      – O, bolam! Ko‘p in’omlar olmoq uchun bu kitobda ul amiralmo‘mininga hamd-u sanolar o‘qimog‘im, sening yurtingda qilgan qatl-u qirg‘inlarni madhlamog‘im darkor emasmu, o‘g‘lim?

      Sabhu gunoh ish ustida tutilgan yosh boladay qizarib:

      – Buni o‘ylamabmen, afv eting, ustod! – dedi boshini egib.

      Beruniy ko‘zachadagi sharbatdan yana bir qultum ichdi-da, ko‘zini yumdi. Nazarida, miyasi cho‘g‘dek qizib, xayoli chuvalashib ketayotgandek edi, lekin shunday bo‘lsa ham ko‘nglining bir chetida yengib bo‘lmas bir istak – qalbining eng tupkarisida yotgan dardlarini aytmoq istagi tobora avj olib borardi. Kim bilsin, bu telba shohning telba mashvaratidan sog‘-salomat qaytadimi, yo‘qmi? Vasvas dardiga yo‘liqqan hokimdan har narsani kutmoq mumkin!

      – Bolam, Sabhu, – dedi Beruniy, boshini yostiqdan ko‘tarib. – Kamina ertangi mashvarat ne maqsadda chaqirilgan – buni aytolmaymen. Shu sababdan bir narsani senga izhor etmoqni lozim ko‘ramen… Yodingda bo‘lsin! Faqir bu kitobni… sen mehr bilan oqqa ko‘chirgan bu asarimni yozishdan murodim – sening yurting… Hindiston oldidagi gunohlarimni yuvmoq edi!..

      Sabhu butun vujudi bilan oldinga talpinib:

      – Siz? Gunohkor? – deb so‘radi. – So‘zingizni anglamadim. Hindistonni toptagan siz emas, ustod, siz emas!..

      – Ha, kamina hech bir kimsaning burnini qonatganim yo‘q! – dedi Beruniy. Uning isitmadan bo‘g‘ilgan ovozi to‘satdan allaqanday ochilib, torgina chor burchak hujrani yangratib yubordi. – Qon to‘ksa…


<p>12</p>

Ilmi riyozat – matematika.