Ko‘hna dunyo. Odil Yoqubov. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: Odil Yoqubov
Издательство: SHARQ
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-00-939-4
Скачать книгу
yigitga, kampir bo‘lsa bokira qizga aylanar emish…

      Risoladagi so‘z chinmi, yolg‘onmi? Bu yolg‘iz olloga ayon. Ammo… chin bo‘lmog‘i darkor! Zerokim… nahot butkul ro‘yi zaminni zir titratgan sulton Mahmud yanglig‘ fotihi muntasir… nogahon yopishgan bir dard sabab, Afshon shol dahasidagi g‘arib-u g‘urabolar yanglig‘ o‘lib keta bersa? Yo‘q, bunga inonib bo‘lmas! Amiralmo‘mininday shohlarni yaratib, ularni «as salotin zullallohu fil arz», ya’niki, «shohlar mening yerdagi soyamdur», degan ul sarvari koinot, ular uchun Unsuriy aytgan ne’mati ilohiy kabi mo‘jiza ne’matlar ham yaratmog‘i darkor! Faqat bu ne’mat o‘sgan makon qayda? Shuni bilmoq va topmoq darkor, xolos!

      Sulton risolani eshitib, darhol Chin va Hind tabiblarini chaqirtirdi. Lekin ulardan ko‘ngil to‘ladigan bir javob ololmadi. Bu yanglig‘ rivoyatlarni ular ham eshitganlarini, demakkim, bunday mo‘jiza daraxt borligiga imonlari komil ekanini bayon qilishdi, ammo ul ne’mati ilohiy o‘sgan makon qayda? Bu jumboqqa javob berishga ojizlik qilishdi. Sulton, avval darg‘azab bo‘ldi, keyin, xiyol o‘ylab ko‘rib, barcha allomalarni ertalabki mashvaratga chaqirtirdi. Chaqirilgan allomalar orasida hozirgina tushiga kirgan Abu Rayhon Beruniy ham bor. Kim bilsin, Unsuriy aytgan ne’mati ilohiy qayda o‘sadi, balki u bilar. Axir u ko‘p yillar hindlar yurtida turgan, shaharma-shahar kezgan, ularning hamma ilmlarini o‘rgangan, hatto tillarini o‘rganib, qadimiy kitoblarigacha mutolaa qilgan… Shoyad ul ne’mati ilohiy to‘g‘risida shu eski kitoblarda aniq bir narsa zikr qilingan bo‘lsa! Har qalay, hech kim bilmasa ham, hakimi davron atalmish anov takabbur hakim… hazrat Ibn Sino bilmog‘i darkor! Ne chora? Mana, uch oydirki, sultonning ikki ko‘zi Xuroson yo‘lida, ammo yuborgan eng sodiq mushriflardan16 hanuz darak yo‘q. Birov, ul hakimi davron yo‘lga chiqqan desa birov, G‘aznaga kelishni istamay boshini olib qochgan, deydi…

      Attang, bundan uch oy avval, sulton ul butavfiq hakimga eng ishonchli nadimi, ariz17 Abulvafo Sariqni yuborarkan, bu ishni hammadan, hatto Xurosonga yurish qilib, shu kunlarda Isfahonda lashkar tortib turgan o‘g‘li amir Mas’uddan ham sir saqlashni qilgan edi. Kim bilsin, ehtimol, elchilarni Hamadon hokimi Alouddavlaga emas, hozir Isfahonda turgan shahzoda Mas’udga yo‘llaganida… Yo‘q… sulton unga, o‘z pushtikamaridan bo‘lgan zurriyotiga inonmaydi. Chunki, biladi: shahzoda Mas’ud, o‘zi Isfahonda bo‘lsa ham, ikki qulog‘i G‘aznada, padari buzrukvorining o‘limi to‘g‘risidagi xabarni kutib yotibdi! Bu bemehr zurriyoti hazrat Ibn Sinoni bu yo‘ldan qaytarsa qaytaradiki, xasta padariga yubormaydi, yo‘q, zinhor yubormaydi!

      O‘g‘lini eslashi bilan sultonning ko‘kragida alam aralash isyonkor bir tuyg‘u «lov» yondi-yu, qoqsuyak qo‘llarini gilamga tirab, asta o‘rnidan turdi.

      – Astag‘firullo, astag‘firullo!.. – Sulton, qornidagi «tipratikon»ni uyg‘otib yuborishdan qo‘rqib, ko‘zlarini yumganicha bir nafas qimir etmay yotdi, so‘ng, tokchadagi shamlardan birini olib, yo‘lakka chiqdi.

      Shiftdagi billur qandillarda milt-milt yongan bitta-yarimta sham shu’lasida hududsiz yo‘lak bo‘m-bo‘sh va allaqanday sirli tuyuldi. Yo‘lakning oxiri ko‘rinmas, ikki tomondagi tilla tasmalar bilan qoplanib, dur va zabarjad qadalgan behisob eshiklarning hammasi berk, tiq etgan tovush eshitilmas edi. Vo darig‘! Saroy ahli qayda? Uning eng inongan nadimlari, vazir-u vuzarosi, sadoqati zohir lashkarboshlari qayga gumdon bo‘ldi? Bosh vaziri Ali G‘arib, suyukli nadimi Abul Hasanak nechun ko‘rinmaydi? U, kimsan amiralmo‘minin, bedavo bir dardga mubtalo bo‘lib, o‘z o‘tida o‘zi qovurilib yotsa-yu, uning saxovati ila yuksak martabalarga erishgan bu vazir-u vuzaro, uning inongan tog‘lari bo‘lmish bu amir-u umaro osoyishta uyquda yotsa, yoxud yosh kanizlari bilan o‘z haramlarida o‘ynashib, kayf-u safo qurib o‘tirishsa? Yo‘q! Kayf-u safo qurib o‘tirishibdimi ul iblislar yoxud biror xilvatga yashirinib olib, uni toj-u taxtdan mosuvo qilmoq rejalarini tuzib yotishibdimi? Tirikligida unga kafan bichib, biror go‘shada sultonga choh qazmoqdami bu betavfiqlar?

      Amiralmo‘mininning azaldan bir odati bor – yiroqdan bo‘lsa ham xatar shabadasini sezganda g‘azabi sherday jo‘shib, vujudida sher kuchi uyg‘onadi. Bu safar ham shunday bo‘ldi-yu, bir qo‘lida fil tishidan zeb berilgan arg‘uvoniy aso, bir qo‘lida dir-dir titragan sham, nimqorong‘i yo‘lak bo‘ylab yurib ketdi. U bir necha qadam bosgach, asosi bilan o‘ng tomonidagi eshikni turtib ochdi. Xona zim-ziyo edi. Undan qandaydir sovuq bir nafas kelganday, go‘shaning eng tupkarisida, zulmat ichida allaqanday bir narsa g‘imirlaganday tuyuldi-yu, sulton, yuragi «shuv» etib, orqaga tisarildi. Shu-shu, boshqa eshiklarni ochishga yuragi dov bermay, besh-o‘n qadam bosdi. Lekin o‘ng qo‘ldagi dur va sadaf terilgan ikki tavaqali zalvarli eshikni ko‘rganida beixtiyor to‘xtadi va bir zum ikkilanib turgach, uni asosi bilan asta turtdi. Bu – mashvaratxona edi!

      Devorlari oq marmar bilan qoplangan o‘rdaday keng mashvaratxonaning shiftidagi billur qandilda bir necha sham yonar, bu shamlar shu’lasida to‘rdagi suyanchiqlariga inju qadalgan oltin taxt ajib jilo sochib yarqirab turardi… Qubbasimon lojuvard shifti sof qizil tilla bilan ziynatlangan bu xonada eng muhim mashvaratlar o‘tar, davlat ahamiyatiga molik masalalar hal qilinardi. Ertaga bo‘ladigan allomalar anjumani ham shu yerda o‘tmog‘i lozim.

      Sulton yuragi allanechuk bo‘lib, ichkariga kirdi. Jimjit. Tiq etgan tovush yo‘q. Ana, to‘rt tomondagi mehrobsimon joylarda zabt etilgan yurtlarning ko‘k, sariq, oq tug‘lari turipti! Mag‘lub tug‘lar! Mag‘lub lashkarboshilarning oltin va kumush dubulg‘alari, tillodan jilo berilgan sovut va qalqonlari osib qo‘yilgan. Ularning yonida bandlariga la’l va zabarjad qadalgan egri qilichlar, o‘q terilgan charm sadoqlar, suyak sopli xanjarlar, uzun-qisqa tig‘lar… bu qurollar, bu sovg‘alarning har biri bir doston! Uning, sulton Mahmud G‘aznaviyning behisob yurishlari, suronli safarlaridan hikoya qiluvchi bebaho dostonlar… Sulton bu o‘ljalarning qaysi birini qo‘liga olsa lop etib o‘sha muzaffar jang ko‘z oldiga keladi, zabun bo‘lgan ne-ne lashkarboshilar, man-man degan amirlar, kalondimog‘ hokimlar, hatto shahanshohlar esiga tushadi. Butkul ro‘yi zamindan, hatto Chin va Rumdan kelgan elchilar bu bebaho o‘lja, rang-barang tovlangan bu mag‘lub tug‘larni ko‘rganda damlari ichiga tushib ketadi. Mana, sof tilladan yasalib, hoshiyalariga yoqut, la’l va javohir qadalgan ulkan qalqon. Uning yonida nozik oltin halqalardan yasalgan katta sovut… Kashmir poshshosidan olingan sovg‘a!.. Esida bor: haramida mingdan ortiq kanizi bo‘lgan bu alp qomat, kalondimog‘ shoh maydonga quturgan jangovar fil minib chiqqan edi. U esa quturgan fildan tap tortmay, qora qashqa arg‘umog‘ini o‘ynatib, maydonga mardonavor kirib borgandi. Na quturgan filning mudhish na’rasi qulog‘iga kirgan, na vahimali vajohati ko‘ziga ko‘ringan edi o‘shanda! Sulton, qo‘rquvdan osmonga sapchigan qora arg‘umog‘ini achchiq qamchilaganicha, jangovar fil ustiga bostirib borgan, borganu oyoqlarini o‘zangiga tirab, bir zarb bilan kalondimog‘ shohni fil yelkasidan tushurib yuborgandi o‘shanda!

      Ha, sulton Mahmud shunday mard, shunday tanti edi! U hech qachon pistirmada turib jang qilmagan, eng shafqatsiz qirg‘inlarda ham o‘zini lashkar panasiga olmagan! U mashriqdan mag‘ribga cho‘zilgan bu hududsiz saltanatini o‘z salohiyati, kuch-qudrati va sher yuragi bilan orttirgan… Hayhot! Bu cheksiz davlat, bu shon-shuhrat, bu hisobsiz xazina, «amiralmo‘minin» degan bu ulug‘ martabalardan ne foydaki, agar qarigan chog‘ida bu ayanchli ahvolga tushib qolsa? Dardiga davo topolmay, kechalari to‘lg‘anib chiqsa? Uning amiralmusliminning harom tukiga arzimaydigan Ibn Sino atalmish bir tabibni yo‘qlasa-yu, uch oydan beri ikki ko‘zi to‘rt, uning yo‘liga tikilib yotsa? Uning saxovati va tuznamagi bilan odam bo‘lgan muqarriblari esa boshiga mushkul tushgan bu og‘ir onlarda ahvoling ne deb so‘ramasa? Bil’aks, pana-panada ig‘vo va fisq-u fasod bilan band bo‘lsa!..

      Sulton, to‘satdan ko‘z oldi qorong‘ilashib, qo‘lidagi arg‘uvoniy asoni qulochkashlab osmonga otdi. Fil suyagidan jilo berilgan og‘ir aso oltin taxt tepasidan uchib o‘tib, to‘rdagi qurol-aslahalar ustiga borib tushdi. Joyidan ko‘chgan sovut va qalqonlar bir-biriga tegib, o‘rdaday keng mashvaratxonani daranglatib yubordi. Qo‘ng‘iroqday tiniq bu musaffo ovoz mashvaratxonaning qubbasimon lojuvard shiftida aks sado berib, uzoq yangradi-yu, asta tindi. Tingan zahoti yo‘lakning ikki yonidagi behisob eshiklar sharaq-shuruq qilib ochildi,


<p>16</p>

Mushrif – elchi, maxsus davlat nazoratchisi.

<p>17</p>

Ariz – harbiy devon sohibi, vazir.