PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: J. Hasanboyev
Издательство: Asian Book House
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-5878-0-7
Скачать книгу
qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish.

      7. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga Davlat Konstitutsiyasi haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, meh nat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ongiga ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni shakllantirish.

      8. G‘oyaviy va mafkuraviy bilim berish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyat asoslari, milliy davlat tuzilishi, shuningdek, mafkura mazmunini o‘rganishni ta’minlash asosida o‘quvchilarda mafkuraviy faoliyat ko‘nikma va malakalarni qaror toptirish, mafkuraviy madaniyatni shakllantirish va boshqalar.

      Demak, tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar shaxs xulq-atvori hamda sifatlarining mohiyatini aks ettiradi.

      Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

      1. Tarbiya deganda nimani tushunasiz?

      2. Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?

      3. Tarbiya to‘g‘risida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniv aytgan fikr-mulohazalar haqida gapirib bering.

      4. Tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish deganda nimani tushunasiz?

      5. Tarbiyaviy ishlarni insonparvarlashtirish nima?

      6. Oliy о‘quv yurtida та ‘naviy-ma ‘rifiy ishlar qanday tashkil etiladi

      7. Barkamol inson о‘zida qanday xususiyatlarni mujassam qiladi?

      S. Tarbiyaning qanday turlari mavjud?

      Test savollari

      1. «Vijdon – ruhimizning ma’naviy quvvati bilan fikrimiz- ga quvvat beruvchi bir vositai idrokiyatdir». Ushbu fikr muallifi kim?

      A)Aflotun B) Pifagor

      D)Suqrot E) Arastu

      2. «Tarbiya o‘zi agar u kishining baxtiyor bo‘lishini istar ekan, u baxt uchun tarbiyalashi kerak emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim». Ushbu fikr kimga tegishli?

      A)Makarenko B) Ushinskiy

      D)Suxo‘llinskiy E) Pestalotssi

      3. «Turkiy guliston yoxud axloq» asari kimning qalamiga mansub?

      A)M. Behbudiy В) M. Qoshg‘ariy

      D)A. Avloniy E) A. Cho‘lpon

      4. Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari nechta?

      A)6 ta B) 5 ta

      D)3 ta E) 4 ta

      5. Barcha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat turi o‘yin bo‘lsa, maktab o‘quvchisi uchun qaysi faoliyat turi bor?

      A) O‘qish faoliyati B) Mehnat qilish faoliyati

      D) A va В javoblar to‘g‘ri E) Ta’lim olish faoliyati

      6. Tarbiya turlari qaysi variantda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

      A) Aqliy, jismoniy. axloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy tarbiya turlari

      B) Matematik tarbiya, ijtimoiy tarbiya, jamoatchilik tarbiyasi

      D) Oila tarbiyasi, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya va boshqalar

      E) Barcha javoblar to‘g‘ri

      7. Tarbiya metodlari qaysi variant javobida to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

      A) Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, odatlantiruvchi

      B) Hikoya, ma’ruza, suhbat

      D) Pedagogik talab, mashqlantirish, rag‘batlantiruvchi

      E) Hamma javoblar to‘g‘ri

      8. Qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiya qarashlariga oid muhim ma’lumotlar berilgan manbani toping.

      A) Geradotning «Tarix» kitobi

      B) «Avesto kitobi

      D) Esxilning «Forslar» kitobi

      E) Xalq og‘zaki ijodining qadimgi namunalari

      9. Tarbiya – ijtimoiy hodisa, Bunga asos nimada?

      A) Maktabda tarbiya beriladi

      B) Inson o‘z-o‘zini tarbiyalaydi

      D) Oiladagi tarbiya

      E) Inson umrining oxirigacha tarbiyalanadi va unga turli xil tashqi ta’sirlar bo‘ladi

      10. O‘quvchi va o‘qituvchini qamrab oluvchi jarayonni aniqlang.

      A) Tashqi ishlar jarayoni

      B) Tarbiya jarayoni

      D) Ta’lim maqsadlarini amalga oshirish jarayoni

      E) Tarbiyaviy tadbirlar

      Al hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.

      Abdulla Avloniy

      5-MAVZU: TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA MAZMUNI. TARBIYA TAMOYILLARI

      Reja:

      1. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi.

      2. Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o‘ziga xos xususiyatlari.

      3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari va tamoyillari.

      Mavzuning maqsadi:

      Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi, tarbiya jarayoni mohiyati, tizimi hamda uning qonuniyatlari, tarbiya tamoyillari va unga qo‘yiladigan talablar tasnifi to‘g‘risida ilmiy bilim berish orqali yoshlarda kasbiy malakalarni va sifatlarni rivojlantirish.

      Mavzuning vazifalari:

      – tarbiya jarayonining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish;

      – tarbiya jarayoni tizimi va uning qonuniyatlarini o‘rganish;

      – tarbiya tamoyillari va tasnifini ochib berish:

      – tarbiya jarayonida har bir o‘quvchi shaxsining shaxsiy munosabat hamda yosh xususiyatlarini hisobga olish va ta’sir ko‘rsatish.

      Tayanch ibora va atamalar: tarbiya tushunchasi, tarbiyaning tasnifi, tarbiya usullari, tarbiya maqsadi, vazifalari, tarbiyalanganlik, komil inson, tarbiya metodlari, metod tushunchasi, tarbiyaning maqsadi, vazifalari, tarbiyalanganlik, komil inson, kadr, mutaxassis, zamonaviy tarbiya mazmuni, tarbiya maqsadining aniqligi, bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati, o‘z-o‘zini anglash. Tarbiyaning yo‘naltiruvchanligi, ixtiyoriy tarbiya qonuniyatlari, tarbiya qoidalari, obyektiv va subyektiv omillar, demokratik tamoyil, faoliyat va munosabat birligi, ehtiyoj, ijtimoiy munosabat, faoliyat.

      5.1. Tarbiya jarayoni tushunchasi va tuzilishi

      Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, metodlari va tashkil etilishi masalalarini o‘rgatadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

      Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, etika, estetika, fiziologiva, psixologiva kabi fanlar ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda