PEDAGOGIKA. J. Hasanboyev. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: J. Hasanboyev
Издательство: Asian Book House
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-5878-0-7
Скачать книгу
tarbiyani rivojlantirish;

      – tarbiyaviy ishlarni demokratlashtirish va insonparvarlashtirish;

      – oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish lozim.

      Oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni quyidagidek olib borish maqsadga muvofiqdir (4.2.1-shaklga qarang).

      Quyida biz A.Qodiriy nomidagi Jizzax Davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti jamoasida barkamol avlod tarbiyalashdagi ish tajribalaridan namunalar keltiramiz, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni quyidagi tartibda olib borilmoqda. Maqsad:

      mustaqillik mafkurasini inobatga olib, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish;

      – oliy o‘quv yurtida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarishning ijtimoiy-pedagogik va amaliy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish;

      4.2.1-shakl

      – o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va shu yo‘nalishdagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishlarini yagona dinamik tizim sifatida ifoda- lab olish va uni muvaffaqiyatli faoliyat yuritish mexanizmlarini ishlab chiqish;

      BARKAMOL SHAXSNI SHAKLLANTIRISH

      – jamiyat taraqqiyoti saviyasi va darajalarini e’tiborga olgan holda yoshlarning tarbiyasidagi davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish muammolari bilan muntazam qiziqib borish;

      – ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni jamiyat taraqqiyoti mosligini kuzatish va nazorat qilishni va bu sohada monitoringni yo‘Iga qo‘yish hamda uning natijalari asosida tarbiyada rostlash va tuzatishlar kiritish mexanizmlarini ishlab chiqish;

      – oliy o‘quv yurti talabalarining ma’naviy shakllanganligini aniqlashni modellashtirish lozim va bu modelning obyektiga adekvatligini nazorat qilish orqali yoshlarning ma’naviy shakllanganligini aniqlashning tizimini yaratish. Ulardan kerak bo‘lganda ayrim talaba yoki guruh, kurs. fakultet va shuningdek, oliy o‘quv yurtining talabalarining ma’naviy yetukligini aniqlash mexanizmini ishlab chiqish va uni yuksaltirishga uslubiy tavsiyalar tizimini ishlab chiqib, joriy etishga erishish va hokazo.

      Ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllangan barkamol inson quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassam qiladi:

      – butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-ko‘yi, hamqishloqlari va butun mamlakat xalqining farovonligi haqida qayg‘uradi;

      – odob-axloqli va fe’l-atvori yoqimli bo‘lishini insoniy burch deb hisoblaydi;

      – ota-bobolaridan yodgor bo‘lib qolgan milliy-ma’naviy meroslarni yuksak qadrlaydi;

      – milliy qadriyatlarni e’zozlaydi. avaylab-asraydi va ularga sodiq bo‘lib qoladi;

      – unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror bo‘ladi;

      – umumxalq ma’qullagan Konstitutsiyani va shu kabi muhim davlat hujjatlarini hurmat qiladi hamda Davlat ramzlariga sadoqatli bo‘ladi;

      – Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladi va shu kabilar.

      Yoshlarimiz oldiga qo‘yilgan talablarga e’tibor berilsa va shu ketma-ketlikdagi ta’lim-tarbiya olib borilsa, Birinchi Birinchi Prezidenti miz I.A.Karimov orzu qilganidek. «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» degan shior amalga oshadi. Bu orzuni amalga oshirishda dastlab «Barkamol avlod orzusini», ya’ni maqsadni quyidagicha ifodalab olamiz: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, barkamol avlodni tayyorlashning qonuniy davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatidir. Bunda. birinchidan, milliy dasturni to‘liq bajarishga erishish, ikkinchidan, butun xalqni mazkur savobli ishga to‘liq jalb qilish, uchinchidan, umumommaning mazkur ishlar mazmun-mohiyatiga tushunib olishiga erishish va nihoyat, to‘rtinchidan. har bir fuqaro belgilangan vazifalarning bajarilishiga ishonch hosil qilishiga va bu jarayonga munosib hissa qo‘shishiga ishtirok etish istagini uyg‘onishiga erishish barchamizning orzuimizdir.

      Shu yo‘sindagi olib borilgan ta’lim-tarbiya oxirida barkamol shaxsga qo‘yilgan talab (mezon) bilan tarbiyalangan shaxsdagi intellektual salohiyat solishtirilib ko‘riladi va mezon bo‘yicha talablar bajarilgandan keyin tayyor mutaxassisga «Mehnat bozori» – ya’ni kasbiy faoliyat uchun yo‘llanma beriladi. Bunda mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi – buyuk davlat barpo etish, xalqning maqsad-muddaolarini amalga oshirish, milliy g‘oyani yoshlar qalbi va ongiga singdirishdan iborat.

      Barkamol shaxs tarbiyasi jarayoniga bunday yondashish ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichida puxta tayyorgarlikka ega bo‘lishni va maqsadga yetishni kafolatlaydi. Maqsadga yetish tadbirlari avvaldan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib boriladi. Ta’lim-tarbiya mazmuniga qarab yoki ushbu jarayonni boshqarish mazmuniga qarab maqsadlar tizimi (ketma-ketligi) yoki yaxlit-yagona bir maqsad bo‘lishi mumkin va u Davlat ta’lim standartlariga yoki mutaxassis- larga qo‘yiladigan jahon ta’limi talablari asosida shakllangan (tuzil- gan) bo‘ladi.

      Barkamol avlod tarbiyasining qayd etilgan ilmiy asoslangan ta’lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, ta’limni boshqarishda istiqbolli natijalarni qo‘lga kiritish imkonini beradi va eng asosiy, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», degan ezgu niyatlarning og‘ishmay amalga oshishiga fundamental asos bo‘ladi.

      Yuqorida keltirilgan fikrlarga tavangan holda, shunday xulosa qilish mumkin. Yoshlarni barkamol darajada tarbiyalash uchun milliy istiqlol g‘oyalari bilan ularni yaqindan tanishtirish, ya’ni ularning qalbida. eng avvalo, milliy ong, milliy g‘urur, milliy mafkura tushunchalarini shakllantirish orqali ularning vaqtini bo‘sh qoldirmaslik, ularni ijtimoiy foydali ishlarga jalb qilish lozim. Yoshlar bilan shunday usullarda shug‘ullanish natijasida, talabalarni bu ishlarga jalb qilish orqali ularni tashqi salbiy ta’sirlardan saqlab qolish imkoniyati paydo bo‘ladi.

      4.3. Tarbiya vazifalari va mazmuni. Tarbiyaning aqliy, fuqarolik, ma’naviy-axloqiy, jismoniy, iqtisodiy, ekologik, estetik yo‘nalishlari haqida

      Mamlakatimizda ijtimoiy tarbiya va uning turlari (axloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik. iqtisodiy, huquqiy va mafkuraviy tarbiyalar) quyidagi vazifalarni amalga oshiradi. Chunonchi:

      1. Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ulardan ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va taqiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida aqliy ong madaniyatini shakllantirish.

      2. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish chog‘ida o‘quvchilarni ilm- fan, texnika va texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kashfiyotlardan boxabar etish, ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlar berish tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror toptirish, dunyoqarashini shakllantirish.

      3. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarda o‘z sog‘liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishni hamda uning ishlash qobiliyatini oshirish borasida g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini yuzaga keltirish, ularda yangi harakat turlari borasida ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o‘quvchilarning yoshiga va jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, sabot-matonat, chidam, iroda va tavsifni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivoj lantirish, ularda shaxsiy gigiyenani saqlashga nisbatan ongli mimosabatlarni tarbiyalash.

      4. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish, estetik madaniyatini shakllantirish.

      5. Ekologik tarbiyani olib borish chog‘ida o‘quvchilarga ekologik bilimlar berish asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o‘quvchilarga tushuntirish, ularda ekologiyaning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim o‘rni va ahamiyati borasida tushunchalarni qaror toptirish. shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirish.

      6. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlar berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga amal qilish, ichki