Makkaliklar gʻorning ichkarisini qidirib oʻtirmadilar, chunki u yerga hech kim kirmagan deb hisobladilar, aks holda oʻrgimchak toʻri uzilgan, kaptar esa un qurmasdi.
Uch kundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Abu Bakr gʻorni tark etishga qaror qildilar. Abu Bakr bir vaqtlar qullikdan sotib olgan Amir ismli bir kishi ikkita tuya va yoʻl boshlovchini olib keldi, u Madinagacha yetib olishlariga yordam berish kerak edi. Alloh butun yoʻl davomida qochoqlarni qoʻllab bordi, shuning uchun yovuz ta’qibchilar ularni ushlay olmadilar. Islom Paygʻambari (s.a.v) va uning sodiq doʻsti Abu Bakr Madinaga yetib borishdi.
Paygʻambar (s.a.v) ning birinchi musulmonlar bilan Makkadan Madinaga koʻchirilishi Hijrat deb ataladi. Bu butun dunyo boʻylab Islomni tarqatish yoʻlidagi birinchi qadam edi. Musulmonlar hijrat yilidan boshlab oʻz hijriy yil hisobini boshladilar.
Madinada hamma narsa Makkadagidan butunlay boshqacha edi. Payg’ambar Muhammad (s.a.v) ko’plab do’stlari orttiradi. Ular dushmanlari sonidan bir necha barobar ko’proq edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Alloh Madina aholisi va Makkaning ko’chmanchilariga birodar bo’lishni hamda bir-birlarini birodarlarcha sevishi lozimligini buyurganini e’lon qildi. Madinagi musulmonlar- ansorlar – o`zlarida mavjud mulklarining yarmini yangi birodarlari —makkalik muhojirlarga in`om qildilar. Ammo Makkaning aholisi bu yerda ham Payg’ambar (a.s) ni tinch qo`ymadilar. Ular musulmonlarga qarshi urush olib borish uchun Madinaga bir necha bor kelishdi. Biroq, Alloh har doim o`z Payg’ambari (a.s) ni va birinchi musulmonlarni qo’llab-quvvatladi hamda ularga dushmanlarni yengishga yordam berdi.
Madinada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohdan vahiy olishni davom ettirdi. Vahiy unga har doim Farishta Jabroil tomonidan keltirilar edi. Bu vahiylar Qur’on deb nomlangan Allohning kitobida bitildi. Ushbu ajoyib kitobda, Alloh odamlarga xabar berishni xohlagan hamma narsani ko`rishimiz mumkin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinada har kuniga besh mahal ibodat qilinagan masjid qurdirdi. Yiliga bir marta ular bir oy ro’za tutar edilar. Bu oy mobaynida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda uning izdoshlari tongdan to quyosh botgunga qadar hech narsa yemas va ichmas edilar. Ular buni faqat Alloh yo`lida qilar edilar, chunki Alloh ularga shunday qilishni buyurdi. Payg’ambar sollallohu alayhi va sallamning izdoshlari kamtar yashashga, kam ovqat yeyishga o’rgandilar. Shuning uchun ularda ko`p oziq-ovqat ortib qolar, bu mahsulotlarni kambag’allar bilan baham ko`rar edilar. Musulmonlar, shuningdek, kambag’allarga pullarining bir qismini ham berar edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamda uning izdoshlari faqat Allohga ishonar, faqat ungagina ibodat qilar edilar. Har doim Uning amriga bo`ysundilar. Aynan shuning uchun, aziz bolalar, Alloh ularni musulmonlar deb atadi. Axir, musulmonlar —bu Allohga ishonadiganlar va faqat unga ibodat qiladiganlardir. Ular o’z nafslarini irodasiga to’liq bo’ysundiradilar va har qanday holatda Qur’onning so`zlariga va payg’ambar Muhammad (s.a.v) ning ko’rsatmalariga amal qiladilar.
…Oradan ancha vaqt o’tdi va iymonsiz arablar Allohning qo`llashi tufayliIslom payg’ambari (a.s) ularga qaraganda kuchliroq ekanligini tushuna boshladilar. Shuning uchun, ular Payg`ambar (a.s) bilan jang qilishni to’xtatishga qaror qildilar. Bu dunyoda Allohdan buyukroq hech kim va hech narsa yo’qligini biz bilamiz! «Biz Muhammad (s.a.v) ni yengishga qodir emasmiz, chunki Alloh unga madad beryapti, – der edi kofirlar o`zaro suhbatlashganda, – Allohga va uning Rasuliga (a.s) iymon keltirishimiz hamda faqat bitta Allohga ibodat qilishimiz kerak».
Farishta Jabroil payg’ambar Muhammad Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldida birinchi marta paydo bo’lganidan beri yigirma yil o’tdi. Uzoq davom etgan urushlar va dushmanlik to’xtadi. Payg’ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam boshchiligidagi musulmonlar Makkaga qaytib kelishdi. Ular endi shaharni qamal qilishlari va aholini jangga chaqirishlari shart emas edi. Makkaliklar shahar darvozalarini o`zlari ochib berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va musulmonlar ko’pchilik Allohga ishona boshlaganidan xursand bo’ldilar. U va’dasini bajardi va musulmonlarga yordam berdi. Ular nihoyat o’z yurtiga qaytib kelishdi. Makkaga kirib, musulmonlar birgalikda ibodat qildilar. Ulardan ba’zilari shu yerda qolishdi, allaqachon Madinada o`rnashishga muvaffaq bo’lganlar qaytib ketishdi.
Ammo bundan keyin Madina musulmonlari yiliga bir marta Makkaga haj ziyoratini amalga oshiradigan bo`ldilar, chunki u yerda Ka’ba bor edi.
Ka’ba kubga o’xshash, derazalarsiz katta tosh uydir («Ka’ba» – «kub» degan ma’noni anglatadi). Uni Muhammad (s.a.v) dan ancha avval yashagan payg`ambarlar Ibrohim (a.s) va uning o’g’li Ismoil (a.s) bunyod etganlar. Har safar Ka’baga qaraganimizda qanday inson bo`lishimiz kerakligi haqida Allohning kalomini eslaymiz. Biz esa, aziz bolajonlar, ALLOHGA ISHONISHIMIZ, FAQAT UNGA IBODAT QILISHIMIZ VA HAR DOIM YAXSHILIK QILISHGA HARAKAT QILISHIMIZ LOZIM.
Allohning bu buyrug`i sayyoramizning barcha odamlariga tegishli. Alloh odamlarga ko’p payg’ambarlarni yubordi. Ularning har biri o’z xalqiga Allohning kalomini yetkazdi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam Allohning so`nggi rasuli edi. U bizga Qur’onni olib keldi, unda Robbimiz olamlarning kalomi qayd etildi. Bu Kalom, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Alloh tomonidan in`om qilingan eng buyuk mo`jizasi edi.
Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ancha oldin yashagan boshqa payg’ambarlar haqida ko’plab hikoyalar mavjud. Ulardan ba’zilarini ushbu kitobda topasiz.
ALLOH VA QUR`ON
Mening o`quvchilarim! Muqaddas Qur’oni Karimda Allohning kalomi yozilganligi, u Farishta Jabroil tomonidan Payg’ambar
Muhammad (s.a.v) ga nozil qilinganligi yodingizda bo`lsa kerak. Unda bizga va Yer degan go`zal nom bilan ataluvchi sayyoramizda yashaydigan barcha odamlarga Buyuk Alloh tushuntirib bergan hamma narsani o’qiy olishimiz mumkin.
Qur’oni Karimda payg’ambarlar haqida juda ko’p qiziqarli hikoyalar mavjud. Siz, albatta, nega payg’ambarlar ko’p bo`lgan deb mendan so`rashingiz mumkin. Alloh ularni faqat Ungagina ibodat qilish va yaxshilik qilish kerakligini eslatib turish uchun turli vaqtlarda odamlarga jo’natdi.
Bundan tashqari, Qur’oni Karimda biz ishonadigan hamma narsalar, shuningdek, nimani qanday qilishimiz kerakligi haqida yozilgan. Agar Qur’oni Karimda yozilgan narsalarni tushunsak, va uning barcha ko’rsatmalarini bajarsak, biz haqiqiy va baxtli musulmonlar bo’lamiz.
Alloh haqida bilgan hamma narsamiz bizga Alloh tomonidan aytilgan. Buning uchun u payg’ambarlarga farishta Jabroilni yuborgan. Aynan shu farishta Allohning kalomini Muhammad (s.a.v) ga yetkazgan. Rasululloh (s.a.v) esa boshqa odamlarga Bilguvchi Allohning so’zlari va ko’rsatmalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v) o’zining sodiq do’stlari va hamfikrlari Yaratuvchimizning har bir so’zlarini yozib olishlariga ishonch hosil qildi.
Shuning uchun, Buyuk Allohning marhamati va Rasululloh (s.a.v) ning sabr-toqat, sa’y-harakatlari tufayli bizning qo`limizda Qur’on bor.
Alloh yagona ilohdir. Musulmonlar, Allohdan boshqa hech qanday Iloh yo’qligini ta’kidlaydilar. Bu esa faqat Allohgina odamlarni, yerni, oy, Quyoshni va yulduzlarni, butun koinotni yaratishi mumkin, degan ma’noni anglatadi. U yagona Yaratuvchi. Shuning uchun biz faqat unga ibodat qilishimiz mumkin!
Mening aqlli bolalarim! Siz, albatta, bilasizki, Yer yuzida mavjud bo’lgan narsalarning ko’pchiligi o’z qo’llaringiz