Все науки. №8, 2022. Международный научный журнал. Ибратжон Хатамович Алиев. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: Ибратжон Хатамович Алиев
Издательство: Издательские решения
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 9785005944924
Скачать книгу
sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qog’oz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, o’yinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat ko’nikmalari shakllantiriladi.

      2-bosqich darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari texnologiya va dizayn (yog’ochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari), servis xizmati (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda umumlashgan yo’nalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim ko’rinishlari bo’lib, deyarli hamma sohalarda qo’llaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashg’ulotlarda o’quvchilarga ishlab chiqarishning asosiy bo’g’inlari bo’lgan yog’och, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat ko’nikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yo’naltiriladi.

      3-bosqichdagi texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bo’lib, ularda xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va ro’zg’orshunoslik asoslari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash kabi sohalar bo’yicha nazariy tushunchalar beriladi va amaliy mehnat ko’nikmalari singdiriladi. Umumiy o’rta Ta’lim maktabi o’quvchilarini tadbirkorlikga yunaltirish, shaxsiy ishlab chiqarish korxonalariga ega bulish, kichik va o’rta biznes tadbirkorlik subektlariga ega bo’lish xakida tushunchalar berish, iktisod fani bilan boglash masalalarin kiritish o’quvchi dunyoqarashini rivojlantiradi.

      Texnologiya fanining o’qitilishida o’qituvchi ko’proq darslarni ishlab chiqarish korxonalarida, eksko’rsiya ko’rinishida yoki sinfdan va maktabdan tashqari to’garak, o’quv tsexlari, korxona, muassasalarda oddiy shogirdlikdan korxona rahbarigacha bo’lgan pog’onalargacha ko’tarilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazish, davra suhbatlari tashkil etib bolaning ko’z o’ngida bugungi kunda zamonaviy rahbar ko’rinishidagi shaxsni shakllantirish orqali o’quvchilarga tushunchalar berib borish kerak.

      Aynan mana shunday tadbirlar orqali o’quvchilarning psixologik yosh orqalilarini hisobga olib o’quvchi eshitganidan ko’ra, ko’proq ko’rganini qiladi, degan psixologik yondashuvga amal qilinsa, maqsadga tezroq erishish mumkinligini ko’rsatish yoki ayrim holatlarda tadbirkorlik subektini boshqaruvchisini yashash turmush tarzi aks etgan videoroliklar orqali o’quvchilarga motvattsiya berish usullaridan ham foydalanish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Pedagogik jamoa orasida liderlik maqomiga ham ega mumkin, Masalan, texnologiya darslarida qaysidir buyum yoki detalni tayyorlash jarayonini tushuntirishda, dastlab tayyorlanadigan buyumni texnalogik xaritasini tayyorlashda bevosita rasm va chizmachilik fanlaridan olingan bilimlarga suyanilishini, uning xajmini va o’lchovlarini olishda matematika va gemetriya fanlari bilan bog’lanishini, tayyorlanadigan detalni bikrligini taьminlashda maxsulotni ximiyaviy, fizikaviy va texnologik hossalarini yaxshi tushunish kerakligi, chunki, bu materiallarni tanlashda aloxida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, natijada mehnat unimdorligitni oshirish, kam mehnat sarflab ko’proq natijaga erishish mumkinligini, bu natijani hisoblashda iktisod fanini o’rnini tushuntirib bersa, o’quvchini ko’z o’ngida texnologiya fani o’qituvchisi bir necha fanlarni o’zlashtirgan o’ta bilimli shaxs sifatida namoyon bo’ladi yoki texnologiya fani o’qituvchi bolalarni xatti-xarakatlari orqali ana shu sanab o’tilgan fanlarni o’quvchilar kanday o’zlashtirganliklarini bilib olishi mumkin va shu orqali fan o’qituvchilariga taklif va fikrlarini berishi mumkin, shuni natijasida texnologiya fanini o’qitilishida barcha fanlar muhim ekanligini ko’rsatish mumkin.

      Amalda umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifasi o’quvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib, maktablarning o’quvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi, bugungi kun talabi ekanligini davlatimiz rahbari o’zlarining xar bir chikishlarida takror takror aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan bitiruvchilar kamida 1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda Xalk taьlimi vazirligiga hamda Madaniyat vazirligiga qator topshiriqlar berdilar.

      Davlatimiz rahbarining xududlarni ijtimoiy iktisodiy rivojlanishini o’rganish buyicha viloyatlarga qilgan barcha safarlarida xududlarni sharoitlaridan kelib chiqib, shu xududlardagi Oliy o’quv yurtlari negizida turli xil fakulьtetlarni ochib malakali mutahasislar tayyorlashni yo’lga qo’yish keraklgini ta’kidlab o’tmokdalar. Masalan, Fag’ona viloyatiga tashriflari davomida Fag’ona Davlat Universiteti bazasida asalarichilik, o’zumchilik va anorchilikga iktisoslashtirilgan fakulьtetlarni qo’shimcha tashkil etish buyicha Oliy taьlim vazirligiga topshiriqlar berilmokda yoki Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2020 yili Qo’qon shaxrida milliy hunarmandchilik buyicha xalkaro festivalni o’tkazilishi, O’zbyokistonni butun dunyoga tanitganligini hammamiz guvohi bo’ldik. Aynan shu xalkaro festivalda Davlatimiz rahbari milliy hunarmandchilik sir – asrorlarini maktab taьlimiga kiritish buyicha aloxida tuxtalib Rishton kulolchilik maktabini yaratilishi Qo’qon va Margilon shaxarlarida kashtachilik va kasanachilik maktablarini kelgusida rivojlantirish dasturlarini taklif kildilar, shulardan ko’rinib turibdiki, umumiy o’rta taьlim maktablarida yangilanaetgan milliy o’quv dasturi asosida keng kamrovli o’quv ustaxonalari tashkil etish ham ko’zda tutilmokda. Bunda asosan texnologiya darslarida amaliy va nazariy mashgulotlarni birgalikda tashkillash imkoniyati yaratiladi, o’z o’zidan ko’rinib turibdiki, bu ishlarni tashkillashda maьsuliyat texnologiya fani o’qituvchilarini zimmasiga tushadi. Rishtondagi kulolchilik yo’nalishidagi yosh tadbirkor Baxromjon tajribasida misollar keltirilsa asosli bo’ladi.

      Texnologiya fani o’qituvchisi o’quvchilarni bo’sh vaktlarini unumli tashkil etish buyicha bir nechta takliflarga ega bo’lsa maqsadga muofiq bo’ladi chunki, shu orqali o’quvchilarni turli xil yot narsalardan saklab kolishi mumkin, aksincha ustoz shogird maktabi buyicha o’quvchilarni moddiy qo’llab-quvvatlashni ham tashkillashi mumkin. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslari orqali kasblarga yullash ishlarini maqsadli va mazmunli tashkillab o’quvchilarni kelajakda kim bo’lishlari xakidagi savollarga javoblar olishlariga imkon yaratib beriladi.

      Bunda o’quvchilarga kasb turlari, ularning o’ziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqidagi ma’lumotlar ham o’rgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash o’quvchilarning o’zlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy maqsad o’quvchilarning aqliy va jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:

      – o’quvchilarda umummehnat ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga ko’ra, kasb-hunar turlarini tanlashga asos bo’ladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;

      – o’quvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo’lib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo’lida mehnat faoliyatiga qo’shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakko’rlarini rivojlantirishga qaratilgan.

      Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo’lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo’llashga ehtiyoj tug’ilmoqda.

      Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.

      Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan «O’zbekistonning