O‘tmishdan ertaklar. Abdulla Qahhor. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: Abdulla Qahhor
Издательство: SHARQ
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-26-092-4
Скачать книгу
va ravshan bir odam edi. Maxsum besh-olti marta keldi. U kelmagan vaqtlarda men uyiga borib duo yozilgan qog‘ozlar olib kelardim. Ayam Maxsum bir kelishda to‘qqizta qori bola bilan keldi. Bular ayamning ikki tomoniga o‘tirib uzoq o‘qishdi, dam solishdi, keyin bilishimcha, bular ayamni «chilyosin» qilishgan, «chilyosin» uzoq yotgan kasalni yo u yoqli, yo bu yoqli qilar ekan, hayriyat, ayamni bu yoqli qildi. Ayam bir-ikki haftadan keyin biroz o‘ng‘arilib o‘rnidan turdi.

      Ayam o‘rnidan turganidan keyin mahalladan bir qancha xotin-xalaj taomilga ko‘ra, har biri topgan-tutganini ko‘tarib «sichqon surdi»ga kirishdi, o‘zlari osh-ovqat qilishdi. Bularning ko‘pchiligi xushchaqchaq xotinlar ekan, semiz bir xotin ayamning qo‘lini ushlab lo‘lichasiga rom ochdi:

      Ho azizlar, avliyolar,

      Avliyolar, anbiyolar!

      Magribdan desammikan,

      Mashriqdan desammikan…

      Uning qiliqlariga hamma, xususan ayam kulaverib qotib qoldi. Ayamning bunaqa kulganini hech qachon ko‘rmagan edim.

      Yosh bir juvon mahalladagi hamma erkaklarga laqab qo‘yib hammaning ichagini uzdi: «Madamin-talmov, bu odam hamisha talmovsirar ekan; G‘ani-salang, bu odam juda novcha bo‘lib, salanglab yurar ekan; Nurmat-tajang, bu odamning hech to‘g‘ri gapi yoq, nima desa xunob bo‘lib aytar ekan». Juvon bularning qilig‘ini ham qilib ko‘rsatdi. Juvon dadamga «Chinoq» deb laqab qo‘ydi, hammadan ham shu kulgi bo‘ldi: ayam shuncha yil turib dadamning qulog‘i kemtik ekanini ko‘rmagan ekan.

      Hamma kulishdan charchab jim bo‘lganda haligi semiz xotin meni payqab qoldi-yu, yoniga chaqirdi, boshimni silab:

      – Ayang tuzalib qoldi-ku, xotinlarning ichida nima qilib o‘tiribsan, ko‘chaga chiqsang bo‘lmaydimi? – dedi.

      Men indamadim, bolalar meni uradi, kelgindimiz, deya olmadim.

      – Bozorboshiga ot o‘yin kelgan emish, ot o‘yinini ko‘rganmisan? – dedi xotin yana.

      Men yana indamadim. Boyagi yosh juvon tiqilinch qildi:

      – Gapirsang-chi! Tiling bormi?

      Men nima deyishimni bilmasdim. Semiz xotin ikki qulog‘imdan ushlab peshonasini peshonamga niqtadi.

      – Gapirasanmi, yo‘qmi?

      Ayam Olim buvaning tashqisida turgan vaqtlarimizda meni ko‘chaga chiqarmaganini, bu yerda ro‘zg‘or ishi bo‘ynimga tushib «uy qizi» bo‘lib qolganimni, u yerda ham, bu yerda ham hech kim men bilan gaplashmaganini unutib:

      – O‘zi shunaqa, indamas, «ichimdagini top» bola chiqdi, – dedi.

      Semiz xotin bilagimdan mahkam ushladi. – Gapirasanmi, yo‘qmi? – dedi va o‘rnidan qo‘zg‘aldi.– Hozir ishtonimga qamab qo‘yaman!..

      Men uning qo‘lidan chiqib qochdim. Xotinlar xo‘p kulishdi. Bular chiqib ketguncha ko‘cha eshigi bo‘sag‘asida o‘tirdim.

      Bir necha kundan keyin Nursuqdan dadam orttirgan oshnalarining xotinlari ham «sichqon surdi»ga kelishdi. Bular ham mening indamasligimni payqashdi, biri: «Ustaning zap o‘g‘li bor ekan-u, soqov ekan», debdi. Bular ketgandan keyin ayam bu gapni dadamga kuyib-pishib gapirdi.

      Kuz kirdi. Dadamning ishi ko‘payib ketdi shekilli, bir kuni ertalab: «Shogird topgunimcha bir-ikki kun qarashmasang bo‘lmaydi», deb meni do‘konga olib ketdi va damga soldi. Men har kuni dadamga o‘xshab saharda borib xuftonda qaytmasam ham, kun yorishganda borib qorong‘i tushmasdan qaytar edim. Kuni bo‘yi damning arqonini tortaman, qo‘yvoraman, tortaman, qo‘yvoraman… Men bilan hech kimning ishi yo‘q, gapirish kerakmas, damdan har qancha zeriksam ham shunga xursand edim.

      Bir kuni popukli gilam do‘ppi kiygan, barvasta va sersoqol Dodarxo‘ja degan bir qorateginlik o‘shanaqa popukli gilam do‘ppi, yalang‘och badaniga olacha to‘n kiygan yalang oyoq o‘spirin bolani boshlab keldi. Bu kishi o‘n ikki yildan beri Ortiq oqsoqol deganning juvozini haydar, bola uning ukasi, oti Kulala ekan. Kulala Qorategindan besh yasharligidan kelgan, juvozxonada katta bo‘lgan, avvallari akasi bilan ko‘chama-ko‘cha yurib yog‘, kunjut holva sotgan, keyin bir temirchida damkash bo‘lgan ekan. Akasi: «Kulalaga hunar o‘rgating, menga boshqa narsa kerakmas», dedi. Shunday bo‘lsa ham dadam unga oylik tayin qildi. Kulala suyunib damni qo‘limdan oldi. Lekin bundan xursand bo‘lganim yo‘q: yana uyda bo‘laman, ayam yana urishib, ba’zan yig‘lamsirab meni gapga solmoqchi bo‘ladi. Men endi «indamas» degan ta’nadan qutulish uchun odamdan, hatto ayamdan ham mumkin qadar qochadigan bo‘lib qoldim. Bu hol ota-onamni katta tashvishga solib qo‘ydi. Ayam ko‘p yig‘lab bezor qilganidan keyin dadam meni o‘sha Ucharmaxsumga eltib o‘qitdi. Maxsum menga xo‘p dam solganidan keyin tupugidan yalatdi. Shundan keyin yana ham indamas bo‘lib qoldim, bir so‘z aytmoqchi bo‘lsam, bundan keyin nima deyishimni o‘ylab, bor so‘zni ham unutar edim.

      «ZINGER»LI BOY

      Bir kuni Kulala do‘kondan halloslaganicha kelib: «Opa, yetti yarim tanga pul berarmishsiz, usta akam «Zinger» oladilar» dedi. Ayam «Zinger» nima ekanini surishtirmay uyga kirib, lattaga o‘ralgan bir hovuch tanga-chaqa olib chiqdi, o‘zi pul sanashni bilmagani uchun Kulalaga tutdi. Kulalaning hovliqishidan «Zinger» qiziq narsa bo‘lsa kerak, degan xayolda uning ketidan chopdim.

      Chorrahaning do‘konimizga qarshi burchagida ayvonlik ko‘k do‘kon bo‘lib, buni «lapka» deyishardi. Bu lapkaning oldiga tumonat odam yig‘ilgan, ayvonga qo‘yilgan sandal ustida qop-qora, qo‘ng‘izga o‘xshagan, lekin u yoq-bu yog‘i yaltiroq bir narsa turar edi. Hamma unga hayrat va shubha, xavotirlik va maroq bilan qarar, jur’at qilgan kishilar unga ko‘rsatkich barmog‘ini sekin tegizib, asta-asta chertib ko‘rar edi. Lapkadan shaharlik, qaytarma yoqa kamzul kiygan bir kishi dadamni ergashtirib chiqdi. Kulala bir irg‘ib ayvonga chiqdi-da, qo‘lidagi pulni dadamga uzatdi. Dadam pulni olib boyagi kishiga berdi. U kishi sandalning bir chekkasiga o‘tirib, tizzasida bir nimalar yozdi.

      G‘ovur, har xil gap.

      – Shapka tikadigan mashina!

      – Voy pangvosh-ey, poshsholik go‘s-xo‘rmas, shapka tikadigan mashinani qo‘lingga berib qo‘ymaydi!

      – Ityoqa ko‘ylak, bo‘g‘ma kamzul tikadigan mashina!

      – To‘g‘ri, qulog‘ini bursang bas, gazlamasi ham ichida!

      Shaharlik kishi tizzasiga qo‘yib yozgan qog‘ozini dadamga berdi-da, sandalning ustida turgan rang-barang qiyqimlardan bir nechtasini olib mashinada bir-biriga uladi, tikkani qanchalik pishiq ekanini ko‘rsatish uchun qiyqimlarni bir-biridan uzmoqchi bo‘ldi. Quroq yirtildi-yu chokidan so‘kilmadi. Odamlar: «O‘ha!» deb yuborishdi. Kimdir yaqinroq borib:

      – Qoyilman! Ayil tiksa ham bo‘ladimi? – deb so‘radi.

      – Bo‘ladi, to‘qim yamasa ham bo‘ladi! – dedi shaharlik kishi, keyin xaloyiqqa yuzlanib, mashina qanday savdo bo‘lganini aytib berdi.

      Mashinaning bahosi qirq sakkiz tanga, uchidan yetti yarim tanga naqd to‘lansa, olti oy muhlat bilan nasiyaga berilar ekan.

      Dadam mashinani ko‘tarib, pastda turgan Kulalaga uzatdi. Shu damgacha tek turgan xaloyiq birdan gurilladi. Odamlar bir-birini turtib, itarib olg‘a, endi mashinani emas, dadamni ko‘rgani intilar, unga birov hayrat, birov hasad, birov havas bilan qarar edi. Kulala mashinani yelkasiga qo‘ydi, ikkovimiz g‘izillaganimizcha uyga ketdik. Orqamizdan bolalar duv ergashdi.

      Temirchi ustaning «Zinger» olganligi darrov dovruq bo‘lib ketdi. O‘sha zamoni-yoq shu atrofdagi xotin-xalaj uyimizga yopirilib kirishdi. Bularning ichida indamasligim uchun menga ta’zir bermoqchi bo‘lgan semiz xotin ham bor edi. «Zinger»ni bilar ekan, eski dasturxondan menga birpasda ko‘ylak tikib berdi. Men hammani hayratga solgan ko‘ylakni kiyib darrov ko‘chaga chiqdim. Atrofimda bolalar chug‘urlashar, kelgindi ekanimni ham unutib, hammasi: «Zingeringni bitta ko‘rsat», deb yalinar edi. Men bolalarning yalinganidan o‘zimda yo‘q suyunib chopqillaganimcha