Oskar va pushti xonim. Эрик-Эмманюэль Шмитт. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: Эрик-Эмманюэль Шмитт
Издательство: ZABARJAD MEDIA
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 978-9943-7069-0-3
Скачать книгу
keladigan shaxsga yo‘naltira olaman. Seni shoshirishni istamayman, lekin eslatib o‘tmoqchimanki, vaqtim biroz kamroq. Shunday qilib: Oskar va Moviy Peggining to‘yi. Ha yoki yo‘q. Agar sen buni uddalay olsang, juda zo‘r bo‘lardi.

      Ertagacha. O‘pib qolaman,

      Oskar..

      P.S. Haqiqatda ham, sening manziling qayerda?

      Xudojon!

      Ko‘rib turganingdek, turmush qurdim. Bugun dekabr oyining yigirma birinchi sanasi, men o‘ttiz yosh sari qadam qo‘yyapman va oilaliman. Bolalarga kelsak, biz Peggi bilan buni vaqtning hukmiga tashladik. Aslida, menga u hali tayyor emasdek tuyuldi.

      Hammasi kecha kechasi sodir bo‘ldi.

      Soat birlarga yaqin menga Peggining hayqirig‘i eshitildi. O‘rnimdan sakrab turib ketdim. Arvohlar! Ular Moviy Peggini qiynashyapti, men esa uni qo‘riqlashga va’da bergandim. Peggi meni va’dasini bajarmaydigan ahmoq deb o‘ylaydi va endi bir so‘z ham aytmaydi. Bu borada esa u haq bo‘ladi.

      Yuqoriga ko‘tarildim va ovoz kelgan tomonga yugura boshladim. Moviy Peggining xonasiga yetib borganimda Peggi to‘shakda o‘tirganini va menga hayrat bilan qarayotganini ko‘rdim. Men ham hayratda qotib qolgandek ko‘ringan bo‘lsam kerak, chunki Moviy Peggining og‘zi yopiq edi, lekin hayqiriqlar to‘xtamasdi.

      Shunday qilib, keyingi eshik oldiga bordim va to‘shakda kuyishdagi azoblar tufayli hayqirayotgan Bekonni ko‘rdim. Bir lahzaga vijdon azoblari uyg‘ondi, yong‘in uyushtirgan kunimni esladim: uyda olov ko‘tarilgandi, mushugim ham, itim ham, hatto oltin baliqlarim ham qovurilib qolgandi. Natijada ular pishib qolishgan bo‘lishsa kerak deb o‘ylayman. Men ular nimani boshdan o‘tkazishganini tasavvur qildim va o‘yladim: barchasi bundan ham yomon yakun topishi mumkin edi – teri ko‘chirib o‘tkazilishi va har qanday malhamlarga qaramasdan Bekonda bo‘layotgani kabi azob beruvchi xotiralar va og‘riqli kuyishlar.

      Bekon to‘p kabi o‘ralib oldi va nola qilishni to‘xtatdi. Men Moviy Peggining oldiga qaytib keldim.

      – Shunday qilib, bu sen emasmiding, Peggi? Men har doim kechasi qichqirayotgan sen bo‘lsang kerak, deb o‘ylardim.

      – Men esa sen deb.

      Ikkalamiz ham uzoq vaqt davomida boshqa narsa haqida o‘ylaganimizni anglab, sodir bo‘lgan voqea haqida boshqa to‘xtalmadik.

      Moviy Peggi yanada moviylashdi, bu uning juda xijolat bo‘layotganini anglatardi.

      – Endi nima qilmoqchisan, Oskar?

      – Sen-chi, Peggi?

      Aqldan ozish mumkin, biz qanchalik o‘xshashmiz: bir xil fikrlar, bir xil savollar.

      – Bu yerda men bilan uxlashni xohlaysanmi?

      Qizlar – ajoyib bo‘lishadi. Menda bunday iboralar soatlar, haftalar, oylar mobaynida ularni aytib chiqarishga muvaffaq bo‘lmagunimcha miyamda aylangan bo‘lardi. Peggi esa buni tabiiy, juda oddiy e’lon qildi.

      – Mayli.

      Uning yoniga yotdim. Biroz tor edi-yu, lekin xursandchiligimizga arzirdi. Moviy Peggidan yong‘oqlar ifori kelardi, qo‘limning orqa tomonida bo‘lgani kabi, uning butun tanasidagi terisi juda nozik edi. Bir-birimizga qarab uxladik, birga orzu qildik, hayotimiz haqida bir-birimizga gapirib berdik.

      Ertasi kuni ertalab katta hamshira madam Gomet bizni bir o‘rinda yotganimizni ko‘rganda, bu yerda albatta, haqiqiy fojia boshlandi. U hayqirib yubordi, navbatchi hamshira ham, ular goh Peggining ustida, goh mening ustimda hayqirishar, eshiklarni ochib-yopishar, hammani guvohlikka chaqirar, bizni «baxtsiz bolalar» deb aytishardi. Ammo biz juda baxtli edik. Nihoyat, Roza buvi bu konsertni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi.

      – Siz bu bolalarni tinch qo‘yasizmi yoki yo‘q? Kimga xizmat qilasiz o‘zi – bemorlargami yoki tartibga? Tartibingizga tupurdim! Endi esa jim bo‘ling! Vahima ko‘tarish uchun o‘zingizga boshqa joy toping! Bu yer sizga bozor emas!

      Rozi buvi ishga aralashgandan so‘ng har doimgidek e’tirozlar kuzatilmadi. U meni xonaga olib bordi va qisqa vaqtga uyquga ketdim.

      Uyg‘onganimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan voqeani muhokama qildik.

      – Shunday qilib, Oskar, Peggi bilan hammasi jiddiymi?

      – Ha, Roza buvi, hammasi jiddiy va shunchaki ajoyib. Men baxtliman. Bu kecha biz u bilan turmush qurishga ahdlashdik.

      – Turmush qurishga?!

      – Ha. Bu haqda jiddiy gaplashib oldik.

      – Hali shundaymi?

      – Siz meni kim deb o‘ylayapsiz, Roza buvi? Soat necha bo‘lganini bilasizmi? Men allaqachon yigirmaga to‘ldim, tushunganimcha hayotimni qurishga harakat qilyapman.

      – Oskar, sen bilan faxrlanaman!

      Biroz uxladim. Uyg‘ongach, Roza buvi bilan birgalikda tushlik qildik va men o‘zimni ancha yaxshi his qildim.

      – Aqldan ozish mumkin, ertalab qanday charchagan edim.

      – Bu odatiy holat, yigirma-yigirma besh yoshlarda kechasi sayr qilish, bayramlar uyushtirish, ko‘cha hayoti bilan bog‘lanish va ayni paytda umuman yo‘q kuchlarni avaylamaslik. Buning uchun to‘lov amalga oshirish kerak. Quloq sol, yur, Xudoni ko‘rib kelamiz.

      – Zo‘r-ku, sizda uning manzili bormi?

      – O‘ylaymanki, biz uni cherkovdan topa olamiz.

      Roza buvi meni Shimoliy qutbga borayotgandek kiyintirdi, yelkalarimdan ushladi va shifoxona parkining tubida joylashgan, muzlagan maysazorlar bor yerga olib bordi, uning qayerda joylashganligini nega senga tushuntirshga harakat qilyapman, axir bu sening manziling-ku.

      Haykalni ko‘rganimda qotib qoldim, nihoyat, sen qanday holatda ekanligingni ko‘rdim, deyarli butunlay yalang‘och, ozg‘in, hamma joyingda yaralar, peshonangda tikanlardan qolgan qonlar, boshing esa kuchsiz egilgan edi. Bu narsa o‘zim haqimda o‘ylashga majbur qildi. Menda norozilik uyg‘ondi. Agar men sen kabi Xudo bo‘lganimda, o‘zimni shu ko‘yga solishlariga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim.

      – Roza buvi, to‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, siz kurash bilan shug‘ullangansiz, buyuk chempion bo‘lgansiz, bunga ishonishingiz mumkin emas, to‘g‘rimi?

      – Nima uchun, Oskar? Agarda sen katta mushaklarga ega, yaltiroq terili, kurashchi kiyimidagi sport ustasini ko‘rganingda Xudoga ko‘proq ishongan bo‘larmiding?

      – Bilmasam…

      – O‘ylab ko‘r, Oskar. Senga kim yaqinroq: hech narsa his qilmagan Xudomi yoki azob chekkanimi?

      – Albatta, azob chekkani yaqinroq. Agar men Xudo bo‘lganimda edi, u kabi imkoniyatlarim bo‘lganda edi, azob-uqubatlardan chetlanishga harakat qilardim.

      – Hech kim azob-uqubatlardan qochib qutula olmaydi. Na sen, na men va na ota-onang.

      – Yaxshi. Roziman. Lekin nima uchun azob chekishimiz kerak?

      – Aynan. G‘amdan g‘amning farqi bor. Uning yuziga diqqat bilan qara. Nazar sol. U azob-uqubat chekkandek ko‘rinyaptimi?

      – Yo‘q. Hatto, bu u uchun og‘riqli emasdek tuyulyapti.

      – Ha, to‘g‘ri. Ikki turdagi azobni farqlay bilish kerak, kichkintoy Oskar – jismoniy azob-uqubat va ruhiy azob-uqubat. Jismoniy azob – bu sinov. Ruhiy azob esa tanlovdir.

      – Tushunmayapman.

      – Agar oyoqlaring yoki bilaklaringga mixlar qoqishsa, og‘riqni boshdan kechirishdan o‘zga hech bir chorang qolmaydi. Sabr qilasan. Aksincha, o‘lim haqida o‘ylaganingda esa og‘riqni boshdan kechirishing shart emas. Buning nima ekanligini bilmaysan. Shunday qilib, bu o‘zingga bog‘liq bo‘ladi.

      – Siz o‘lim haqidagi fikrlar ularni quvontiradigan insonlarni bilasizmi?

      – Ha, bunday odamlarni bilaman. Onam shunday edi. O‘lim to‘shagida uning lablarida tabassum paydo bo‘ldi, u buni kutgandi, sabrsizlik