O'quv qo'llanma
Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharrir Sa'lim Madraximovich Otajonov
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Boxodir Xoshimovich Karimov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Tuzatuvchi Boxodir Xoshimovich Karimov
Tuzatuvchi Ibratjon Xatamovich Aliyev
Taqrizchi, fiziko-matematika fanlari doktori, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti professori Salim Madraximovich Otajonov
Taqrizchi, fiziko-matematika fanlari doktori, Farg'ona Politexnika Instituti "Fizika" kafedrasi professori Nomonjon Sultonov
© Boxodir Xoshimovich Karimov, 2023
ISBN 978-5-0059-0721-9
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
Kirish
Elektronika fani universitet va texnika oliy o’quv yurtlarining «Texnologiky ta’lim», «Fizika» «asbobsozlik», «elektronika va mikroelektronika» yo’nalishidagi o’qiyotgan bakalavr talabalari uchun asosiy kurs xisoblanadi.
«Elektronika asoslari» o’quv qo’llanmasida etarli darajada rasmlar, grafiklar, jadvallar va ma’lumotnomalar berilgan.
PF-60-son – 28.01.2022.
2022—2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish masalasiga davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Taraqqiyot strategiyasining asosiy masalalaridan biri bo’lib, hamma soxalarida, jumladan, elektronika, xisoblash texnikasi, radiotexnika, robototexnika va informatikada soxada raqobatbardosh kadrlarni tayorlashdan iborat.
Shu munosabat bilan elektronikaning zamonaviy element bazasini ko’z oldiga keltiruvchi, elektron asboblarining tugun va sxemalaridagi barcha qismidan o’tayotgan jarayonlarni o’quvchiga tushuntiruvchi, yukori darajali mutaxassis pedagog kadrlar va muxandis kadrlar tayyorlashga talablar ortib bormokda. «Oliy va o’rta maxsus ta’lim Nizomi» da kelajak o’kituvchi, tarbiyachilar, muxandislarga eng zamonaviy bilim va yaxshi tayyorgarlik berish kerak deb, ta’kidlab o’tilgan.
Universitet va texnika oliy yurtlarida «elektronika asoslari kursi», «radioelektronika», «radioelektron qurilmalar ishlab chikarish texnologiyasi», «Radioelektronikadan amaliy mashg’ulot», «mikroprosessor texnikasi» va boshqa fanlar qatori asosiy talabaga politexnik tayyorgarlikni beradi.
Yakin kelajakda fizik, texnologik, biologik, ximik va kibernetikizlanishlarni kompleks qo’llab, elektronikada katta muvaffakiyatlarga erishilishni pedagoglari nazarda tutish kerak.
Elektronika o’zining rivojlanish jarayoni va REA ning qiyofasiga katta ta’sir kilib, zamonaviy sanoat va qishloq xo’jaligi, ilmiy tekshirish va medisinada; maishiy xizmat va transportda, o’qitish usulublarni takomillashtirish va aloqa vositasi xamda inson faoliyatining hamma soxalarida printsipial yangi asbobyaratish imkonini beradi. Biz quyida zamonaviy elektronika rivojlanishning ayrim soxalarni keltiramiz.
Mikroelektronika. Qurilmalarning istemol ener giyasini kamaytirish va ishlashda ishonchlilikni orttirishda, minityurizasiya kilish, xozirgi zamon mikroelektronikasini rivojlanishdagi asosiy tendentsiyasi, bo’lib katta (bis) va o’ta katta (SBIS) integral mikrosxemalarni yaratilishi elektron tugunlar va diskret radiodetallar blokini almashtirish imkonini beradi. Sxemalarni keyingi miniatyurizasiyasi elektronika, xisoblash kurilmasi va magnit yozuvchi kurilmalarining takomillashishiga, oldindan berilgan funktsiyali yangi asboblar yaratilishiga revolyusion ta’sir ko’rsatadi. Shuni aytish kerakki, xozirgi texnologiyada bitta yarim o’tkazgichli kristallda milliontagacha radiodetallar bo’lgan bis lar yaratish mumkin.
Optoelektronika. Xozirgi zamon optoelektrinikada katta sig’imli, tez ishlovchi, yuqori xalaqitlardan muxofaza qilingan tolalar optikasi liniyalarini yaratishda fundamental izlanishlar olib borilmoqda. Bunday liniya orqali bir vaktning o’zida 10000 gacha telefon aloqalar, 10 kanalgacha bulgan yuqori aniqlikda rangli televideniya signallarini jo’natish mumkin. Optoelektronikada yorug’lik nurlarining fazo bo’yicha modulyasiya printsipi qo’llaniladi. Bu asosda quyidagi vakuumsiz elektron «qurilmalar» yaratiladi: optoelektron kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar, yassi ekranli rangli televidenie, juda katta informasion tablo va x. z. Xozirda optoelektron xotiralovchi (optik xotiralovchi) disklar yaratildi xamda takomillashtirish bo’yicha yangidan-yangi izlanishlar olib borilmoqda.
KRIOGEN ELEKTRONIKA. Past (kriogen) temperaturadagi xodisalardan foydalaniladi, yaxni bunda metall va qotishmalarning o’ta o’tkazuvchanligi, izolyatorlarning dielektrik kirituvchanligini elektr maydon va boshqalarga bog’liqligi tushuniladi. Bunday xodisalardan kriogen Triggerlar, o’ta keng polosali kvant kuchaytirgichlari, elektr signallarining liniya tutqichlari va x.z asboblar yaratishda foydalaniladi. Shuni aytib o’tish kerakki, kriogen asosida mantiqiy va xotiralovchi funktsiyalarni bajaruvchi bis larni xam yaratish mumkin. Elektron asbob o’rnatilgan bo’lib, uning yordamida milliard yorug’lik yili masofasidagi kosmik fazosini o’rganish imkonini beradi.
MAGNIT ELEKTRONIKA. Bu juda kichik to’yingan magnitlanuvchan materiallarni vujudga kelishi, uning asosida yupqa plyonkali magnit qurilmalar ishlab chiqarilishiga, magnit plyonkalar, kommutasion qurilma, magnit yarim o’tkazgichlar va x.z ni yaratilishiga olib keldi. Uncha katta bo’lmagan magnit yarim o’tkazgichli kristallda mantiqiy elementlar, kommutasiyalovchi qurilmalar va xotiralovchi elementlarni xar-xil ko’rinishlarini xosil qiluvchi bir necha ming sxemalar joylashtirish mumkin. Bu kristallarda hosil qilingan qurilmalar 3*106 bit/s tezlikda informasiyaga ishlov bera oladi, xotirasi esa bir santimetr kvadratga 105 li yozuv zichligi to’g’ri keladi.
Bioelektronika. Elektronikaning rivojlanishidagi yana bir yo’nalish bo’lib, tirik organizmning tarkibi va xayot faoliyatini, (shu jumladan insonni) taxlil qilishda, asab sistemasini o’rganish, xar-xil jinsli bug’lanish (ximiyaviy maydon), magnit maydoni, inson tanasi va x.z.ni radionurlanish kabi muammolarini o’z ichiga oladi. Elektro radiokardiogramma (EKG) dan farqli o’laroq yurak ishlashi signalini aniqroq o’lchovchi magnitokardiogramma asbobini yaratish mumkin. Infarqizil (miokard) dan keyin yurak paylaridagi o’lgan qismlarni magnit maydonli kvant o’lchovchi asbobi qayd qiladi. Kam xalakitli radiopryomniklar yordamida inson tanasi ichidagi temperaturani radionurlanish yordamida aniklash mumkin. Bunday asbob yordamida xronik apendisit, o’pkalarni shabadalashi va x.z. ni diagnoz qilish mumkin. Inson issiqlik nurini o’lchab juda qiziq informasiyalarni olishi mumkin. Bu bio informasiyalaryordamida tomirlar xolati, organizmdagi shabadalash jarayoni va x.z. lar xaqida fikr yuritish mumkin. Bu ayniksa bolalar pediatriyasida katta axamiyatga chunki, sababi ular o’zining kasalliklari xakida maxlumot bera olmaydilar.
Akustoelektronika. Elektronikaning bu yo’nalishi akustik va pxezoelektrik effektlarni elektr maydoni bilan ta’sirlashishiga asoslangan. Pxezoelektrik o’zgartirgichlar, masalan, ulrtratovush liniyalarda elektr signallari ta’sirida akustik signallar xosil qiladi va aksincha. Barchamizki ma’lumki, elektromagnit va akustik to’lqinlarining tarqalish tezligi o’zaro bir-biridan keskin farq qiladi, shunga asoslanib esa vaqt bo’yicha signallarni siljishi va ushlanib qolishini xosil qilish mumkin. P’ezooelektrik yarim o’tkazgichlar elektr maydoni akustik tulqinlarga xam ta’sir kiladi. Bu esa teleradio qurilmalarning signallarini o’lchash imkonini beradi. Xozirgi vaqtda musiqani yuqori sifatda qayta eshittiruvchi qurilmalar yaratilgan.
KVANT ELEKTRONIKASI. Kristall atomida kogerent nurlarning tarqalishi, ya’ni majburiy (indusirlangan) xodisadan foydalanib o’ta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni xosil qilish va kuchaytirish usullarini o’rganadi. Xozirgi vaqtda yuqori quvvatli, bir tomonga yuqori daraja yo’naltirilgan, ko’rish diapozoni spektorida to’lqinlar tarqatuvchi mikro to’lqinli kvant generatorlari (lazerlar) yaratilgan. Bizning mamlakatda kvant elektronikasiga asoslangan o’ta yuqori sig’imli, tola – optik liniyali aloqalar, xar-xil texnologik qurilmalar, tabobat asboblari, aniq geodezik mexanizmlar, atmosferani ekologik xolatini biluvchi asboblar, o’rganuvchi avtomatlar