Большой медицинский учебный словарь - Группа авторов
Автор: | Группа авторов |
Издательство: | Kitobxon |
Серия: | |
Жанр произведения: | |
Год издания: | 0 |
isbn: |
"Boshqa hammualliflar: Э.И.Баситханова, М.С.Тураханова «Katta tibbiyot o'quv lug'ati» hozirgi zamon tibbiyotida qo'llaniladigan 10 000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy tushunchalarni o'z ichiga qamrab olgan. U umumiy amaliyot vrachlari, farmasevtlar, tarjimonlar, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda tibbiyot institutlari va kollejlari o'qituvchilari, talabalari uchun terminlar mohiyatini ruscha va lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida o'zlashtirishda bebaho yordam ko'rsatadi. Lug'atda asosiy klinik terminlar va tibbiy tushunchalar bilan bir qatorda anatomiya, fiziologiya, xirurgiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, stomatologiya, biokimyo, farmakologiya, psixiatriya, hamshiralik ishi hamda sog'liqni saqlash muassasalari va boshqa jabhalarda keng qo'llaniladigan yangi atamalar ham o'rin olgan. Lug'atdagi ruscha — baynalmilal klinik terminlarning izohi ruscha, o'zbekcha-kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida berilgan bo'lib u barcha vrachlar, bakalavrlar, magistrlar, o'qituvchi va talabalarga qulaylik tug'diradi. Taqdim etilayotgan lug'atning anatomiyaga oid terminlari 2009- yilda nashr qilingan «Tibbiy terminlar ensiklopedik lug'ati» ga asoslangan holda tayyorlangan. O'ylaymizki, ushbu noyob lug'at orqali nafaqat tibbiyot xodimlari balki tibbiyotga qiziqqan keng omma ham «yaqin maslahatgo'y» va foydali kitobga ega bo'ladi."