Инглизча-ўзбекча луғат. Группа авторов. Скачать в формате fb2, epub, doc, txt. Newlib. NEWLIB.NET

Инглизча-ўзбекча луғат - Группа авторов

Автор: Группа авторов
Издательство: Kitobxon
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn:

Respublikamizda mustaqillikdan so'ng ta'lim sohasida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xususan, chet tillarini o'rganishga katta e'tibor berilmoqda va ularga qo'yiladigan talablar ham ortib bormoqda.Ayniqsa, Prezidentimizning va xalq ta'limi vazirligining bu boradagi qarorlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu e'tiborning samarasi o'laroq so'nggi yillarda qisqa fursatda chet tillarni o'qitishga oid bir necha darslik, qo'llanmalar va lug'atlar chop etildi. Ammo shuni ta'kidlash joizki, ularning soni hozircha ko'p emas va saviyasi ham talabga to'liq javob bermaydi. Xususan, o'rta maktab, litsey va kollejlar uchun chiqadigan lug'atlar yetarli emas.0'quvchilarga taqdim qilinayotgan ushbu lug'at ana shu bo'shliqni oz bo'lsa-da, to'ldirishga yordam beradi degan umiddamiz. Lug'atda taxminan 4 mingga yaqin so'z berilgan. Ushbu lug'atdan tibbiyot kolleji talabalari ham foydalanishlari mumkin."Maktab o'quvchilari lug'ati seriyasi" da tayyorlangan bu lug'at, shubhasiz, o'rta maktab o'quvchilarining ham, litsey va kollej talabalarining ham e'tiborini tortadi. Ularga ingliz va o'zbek tillarini o'rganishda yaqindan yordam beradi.