Avtomatlashtirishning texnik vositalari. O’quv qo’llanma. Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov. Читать онлайн. Newlib. NEWLIB.NET

Автор: Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov
Издательство: Издательские решения
Серия:
Жанр произведения:
Год издания: 0
isbn: 9785006061453
Скачать книгу
ik vositalari

      O’quv qo’llanma

      Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

      Bosh muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev

      Muharrir Salim Madraximovich Otajonov

      Muharrir Sirojiddin Fayozovich Ergashev

      Illustrator Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

      Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

      Muqova dizayni Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

      Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev

      Taqrizchi, fizika-matematika fanlari doktori, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti professori va "Fizika" kafedrasi mudiri Karimberdi Egamberdiyevich Onorqulov

      Taqrizchi, texnika fanlari doktori, Farg'ona Politexnika Instituti Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti "Elektronika va asbobsozlik" kafedrasi professori Sirojiddin Fayozovich Ergashev

      Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev

      Korrektor Shavkatjon Samiddinovich Sayitov

      Korrektor Erkinjon Soliyevich Xolmatov

      © Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov, 2024

      ISBN 978-5-0060-6145-3

      Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

      O«quv qo‘llanma 5311000 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlash o‘quv rejasidagi «Avtomatlashtirishning texnik vositalari» o‘quv fanidan adabiyot sifatida tayyorlangan.

      O«quv qo‘llanmada avtomatashtirishning barcha texnik vositalarini fan doirasida ochib berilgan. Texnik vositalarni yoritishda qurilmalarni avtomatlashtirish tizimlaridagi joylashish ketma-ketligiga moslashga harakat qilingan. Birinchi navbatda avtomatlashtirishning umumiy masalalari berilib, navbatda sensorlar, ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vositalari, ijro mexanizmlari keltirilgan. Nihoyada zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarda tarmoqlar va elektron qurilmalarni mexanik, elektromagnit ta’sirlardan himoyalash masalasi yoritilgan.

      Avtomatlashtirishning umumiy masalalari 1.2,3 – bo‘limlarda, 3—7 – bo‘limlarda avtomatlashtirishning sensor qurilmalari, 8—16 – bo‘limlarda ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash vositalari, 17- bo‘limda ijro mexanizmlari, 18- bo‘limda, elektron qurilmalarni mexanik, elektromagnit ta’sirlardan himoyalash keltirilgan.

      O«quv qo‘llanma «texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» sohasidagi bakalavrlar, magistrlar va shu sohada avtomatlashtirish tizimini loyihalash bilan shug‘ullanadigan muhandislar uchun mo‘ljallangan.

      Аннотация

      Учебное пособия подготовлена для бакалавров по направлению образования «5311000-Автоматизация и управление технологическими процессами и производствами» (по отраслям) как литература, по предмету в учебном плане «Технические средства автоматизации».

      В учебном пособие все технические средства автоматизации раскрыты в рамках предмета. В освещении материалов устройств технических средств, предпринята попытка размещение по последовательностью подключения устройств в системах автоматизаци. В первую очередь представлены общие вопросы автоматизации, затем представлены датчики, средства приема и обработки данных, исполнительные механизмы. Наконец, освещен вопрос защиты сетей и электронных устройств от механических и электромагнитных воздействий в современных автоматизированных системах.

      Общие вопросы автоматизации в разделе 1.2,3, сенсорные устройства автоматики в разделах 3—7, средства приема и обработки данных в разделах 8—16, исполнительные механизмы в разделе 17, 18 – разделе представлена защита электронных устройств от механических и электромагнитных воздействий.

      Учебное пособия предназначена для бакалавров, магистров по направлению «Автоматизация технологических процессов» и инженеров, занимающихся проектированием систем автоматизации в этой области.

      Annotation

      The textbook has been prepared for bachelors in the direction of education «5311000-Automation and control of technological processes and production» (networks) as literature, on the subject in the curriculum «Technical means of automation».

      In the tutorial, all technical means of automation are disclosed within the scope of the subject. In the coverage of materials of devices of technical means, an attempt was made to place the devices in the automation systems according to the sequence of connection. First of all, general issues of automation are presented, then sensors, means of receiving and processing data, and actuators are presented. Finally, the issue of protecting networks and electronic devices from mechanical and electromagnetic influences in modern automated systems is highlighted.

      General issues of automation in section 1.2.3, touch devices of automation in sections 3—7, means of receiving and processing data in sections 8—16, actuators in section 17, 18 – the section presents the protection of electronic devices from mechanical and electromagnetic influences.

      The textbook is intended for bachelors, masters in the direction of «Automation of technological processes» and engineers involved in the design of automation systems in this area.

      Kirish

      Sanoatni rivojlantirishni zamon darajasiga yetkazishga texnologik tizimini energiya tejamkor zamonaviy tizimlar bilan modernizatsiyalash bilan erishish mumkin. Zamonaviy texnologik boshqarish tizimlarni asosini avtomatika, avtomatlashtirish vositalari tashkil etadi.

      Texnik vositalar avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining real erishishi mumkin bo‘lgan holatlarni aniqlaydi va belgilaydi. Boshqarish tizimlarining funksional imkoniyatlariga talablarning ortib borishi sensorlar, kontrollerlar, bajarish qurilmalarilarining yangi avlodlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishni texnologiyalarini rivojlantiradi. Texnikani rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari asoslari integratsiyalashgan mikroprotsessorli qurilmalarga asoslangan «aqlli» avtomatlashtirish qurilmalarining keng joriy etilishida namoyon bo‘lmoqda. Masalan, sensorlarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosan o‘rnatilgan mikroprotsessorlarning imkoniyatlari va ularni dasturlash darajasi bilan belgilanadi. Mikroprotsessor qurilmalarini aniq local tarmoqqa birlashtirish, tarmoq ma’lum bir ishlab chiqarish talablariga moslashish qobilyatini ta’minlaydigan, taqsimlangan boshqaruvga ega, prinspial jihatdan yangi tizimlarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Zaruriy tashqi qurilmalardan foydalanish nazorat-boshqarish, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlarida yuqori funksiyalarga ega, boshqaruv esa «robotik» texnik tizimlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

      Hozirda zaruruiy obyekt uchun individual funksiyalarini birlashtirish odatiy hol bo‘lib qolmoqda. Raqamli signal protsessorlari, dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar, ko‘p protsessorli modullar va masofaviy signal kiritish-chiqarish modullari asosida qurilgan yagona qurilmalarda axborotni oraliq qayta ishlash va transformatsiya qilishda qo‘llanilmoqda. Yangi texnologiyalarning rivojlanishi natijasida turli protsessorli platalar, bitta platali kompyuterlar keng ishlab chiqilmoqda. Ularni aksariyati texnologiyasi personal kompyuterga